Ali Aliev Qozog'iston terma jamoasidagi sharmandalikdan so'ng istefoga chiqdi
08 sen 15:11
Yangiliklar
Ali Aliev Qozog'iston terma jamoasidagi sharmandalikdan so'ng istefoga chiqdi
Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliev JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Belgiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:6) istefoga chiqishini elon qildi.
Bu haqda sports.kz xabar berdi.
"Bo'lgan hamma narsa... Mag'lubiyatga men aybdorman. Buning uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Men istefo bo'yicha ariza yozaman va qaytganimizdan so'ng darhol prezidentga xabar beraman", – dedi Aliev o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Qozog'iston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining 5 o'yinida bor-yo'g'i 3 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgandi. Ali Aliev boshchiligidagi jamoa Belgiyadan tashqari Uels (1:3, 0:1) va Shimoliy Makedoniyaga (0:1) ham mag'lub bo'ldi va guruhning asosiy autsayderi – Lixtenshteyn termasi (2:0) bilan o'yinda yagona g'alabasiga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar