So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  5 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Luisma Ernandes: "O'zbek tilini mukammal o'rganishni xohlayman" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "O'zbek tilini mukammal o'rganishni xohlayman"

"Lokomotiv" - "Metallurg" o'yinidan (3:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.



- Bu erga g'alaba uchun kelgandik, ammo ushbu 3 ochko bizdan ko'ra "Lokomotiv"ga ko'proq kerak ekanligi o'yin davomida ko'rindi. Ularda g'alabaga bo'lgan xohish ko'proq edi. Bugun g'alaba qozonib, uni Bekobod ahliga taqdim etishni istagandik, afsuski raqibni taslim qila olmadik. SHunga qaramasdan yil davomida qilingan mehnatdan ko'nglim to'ldi. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman, biroz tanaffusdan so'ng yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Bu o'yinda futbolchilarda g'alaba uchun motivaciya uyg'otish qiyin bo'ldimi, chunki bu uch ochko "Metallurg"ga hech narsa bermas edi.

- Yil davomida o'zimiz tanlagan yo'lda mehnat qilishda davom etdik. Ikkinchi davradagi darajamizni iloji boricha saqlashga urindik. "Navbahor" bilan bahsda ham oxirigacha kurashdik, ammo mag'lubiyatga uchradik. "Lokomotiv" bilan o'yinda raqib g'alabani ko'proq xohladi, bu har bir to'p uchun kurashda ko'rindi. Ular bugun kuchliroq edi.

- Mavsum boshida murabbiyga qanday vazifa qo'yilgandi, bu bajarildimi?

- Joriy mavum jamoani avvalgi yilgiga nisbatan "tinchroq" joyda ushlab turishga harakat qildik. Lekin chempionat bu yil juda qiziq va kuchli o'tdi. Jamoada qolishim yoki ketishimga to'xtaladigan bo'lsak, kelasi mavsum ham reja bo'yicha ishlashda davom etamiz.

- Qolishni reja qilgan ekansiz, o'zbek tilini o'rganyapsizmi?

- Albatta, bu tilni mukammal o'rganishni xohlayman. Hozircha kasbim uchun kerakli bo'lgan so'zlardan foydalanyapman.

- Mavzudan tashqari savol bersam xafa bo'lmaysizmi? Bu yil Ispaniya jahon chempioni bo'ladimi?

- Xudo xohlasa. Qatardagi jahon chempionati yaxshi o'tadi deb umid qilaman. Yaxshi futbol tarafdoriman. O'zbekiston terma jamoasi ham jahon chempionatiga chiqishi uchun borimizni berib ishlashda davom etamiz - deydi Luisma Ernandes.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика