So’nggi yangiliklar

19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   1 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  0 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  10 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  3 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  18 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  19 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6

Luisma Ernandes: "Natijadan ko'nglim to'ldi. SHartnomamda legioner olmaslik borasida band bor" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Natijadan ko'nglim to'ldi. SHartnomamda legioner olmaslik borasida band bor"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Albatta, muxlislarga to'la stadionda o'ynash biz uchun biroz qiyin bo'ldi. Lekin, biz bu o'yinga juda kuchli tayyorgarlik ko'rgandik. Himoyada ham ishonchli o'yin ko'rsatishga bel bog'lagandik. O'ylashimcha, juda yaxshi o'yin bo'ldi. O'z o'yinchilarim ko'rsatgan o'yindan mamnunman.

- Durang adolatli natija bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- O'ylashimcha, bu o'yin muvozanat ostida o'tdi. To'p nazorati va imkoniyatlar yaratish bo'yicha "Navbahor" ustunlikka erishdi. Himoyada zich o'yin ko'rsatdik. Fikrimcha, ikkala jamoa ham teng o'yin ko'rsatdi. 

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Bugungi o'yindan mamnunman. Bizda bir necha imkoniyatlar ham yuzaga keldi. Ammo gol ura olmadik. Natijaga keladigan bo'lsak, ko'nglim to'ldi. 

- "Metallurg" tarkibida bugun eng yaxshi o'yin ko'rsatgan o'yinchilardan biri bu darvozabon bo'ldi. Akmal Ortiqov asli namanganlik hisoblanadi. Bu Akmalga ushbu o'yinda ko'shimcha ishtiyoq berdi deb o'ylaysizmi? Umuman, o'yinga darvozabon tanlash jarayoni qanday bo'ldi?

- Akmal bilan bir yildan beri ishlab kelmoqdamiz. Bugun uning o'yinidan qoniqdim. Ushbu o'yinda maydonga tushish navbati Akmal Ortiqovga kelgandi. Aynan shuning uchun ham uni asosiy tarkibda maydonga tushirdim. 

- Jamoaning psixologik holati yaxshi ekanligi sezilmoqda. Akmal Ortiqov va Zabihullo O'rinboev bugun ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Sizga o'yin uchun rahmat. 

- Barcha ijobiy fikrlar uchun sizga rahmat. Jurnalistlar orasida ayol kishining borligi juda yoqimli. 

- Ikkinchi davra oldidan qaysi poziciyalarni kuchaytirmoqchisiz? 

- Yil boshida tuzilgan shartnomamda legioner olmaslik borasida band bor. SHu sabab ham, shu paytgacha faqat mahalliy futbolchilar bilan ishlab keldik. Birinchi davradan so'ng tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo'shilish ehtimoli bor. Xabaringiz bor, "Metallurg" klubida "Real Madrid" fondi qoshidagi akademiya ham faoliyat yuritadi. Kelajakda aynan shu akademiya bilan hamkorlik qilib, o'zbek futboliga yaxshi o'yinchilar etkazib berish niyatimiz bor.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика