Luis Suares: "Bartomeu men bilan gaplashish o'rniga matbuotga barchasini aytib qo'ydi"
25 may 2021 10:25
Yangiliklar
Luis Suares: "Bartomeu men bilan gaplashish o'rniga matbuotga barchasini aytib qo'ydi"
"Barselona"da harakat qilgan "Atletiko" forvardi Luis Suares Kataloniya klubi sobiq prezidenti Jozep Bartomeuni tanqid qildi.
"Kim men bilan yomon munosabatda bo'ldi? Ilk navbatda, prezident. U mening klubdan ketishimni menga emas, birinchi bo'lib matbuotga aytdi.
Nima uchun buni menga aytmadi? Odam klubga foyda olib kelmayotganida o'zini o'zi baholab, o'ziga hisobot topshirib turishi kerak.
Murabbiyning so'zlari esa shunday boshlandi: "Kecha menga shunday deyishdi, ...". Mening kerak emasligimni aytish uchun bunchalik katta jurat kerak emas. Uning gaplaridan bu murabbiyning qarori emas, yuqoridan kelgan buyruqqa o'xshadi", - dedi Suares.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar