Luis Enrike: "PSJ "Nyukasl"ga qarshi o'yinda bunday mag'lubiyatga loyiq emasdi"
05 okt 2023 14:23
Yangiliklar
Luis Enrike: "PSJ "Nyukasl"ga qarshi o'yinda bunday mag'lubiyatga loyiq emasdi"
Luis Enrike ECHL 2-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yindan (1:4) keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Mutaxassisning fikriga ko'ra, jamoasi bundan ko'prog'iga loyiq edi.
"Biz bunday natijaga loyiq emasdik. Biz ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo bunday vaziyatlarda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatish zarur. Natija biz uchun yomon bo'ldi, lekin yo'limizda davom etishimiz zarur.
Maqsadimiz – 1/8 finalga yo'llanmani qo'lga kiritish. Guruh oson emas, biz hali ham 2-o'rindamiz. Oxirgi uchrashuvlar juda qiziq bo'ladi. Ana o'sha bahslarda biz bor kuchimizni ko'rsatishimiz muhim", – dedi Luis Enerike.
PSJ ECHL doirasidagi keyingi uchrashuvni 25 oktyabr kuni "Milan"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar