Luis Enrike PSJ bilan yangi shartnoma imzolaydi
17 okt 20:25
Yangiliklar
PSJ klubi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar ikki yillik bitim bo'yicha kelishuvga erishish arafasida turibdilar. SHu tariqa Luis Enrike 2027 yilga qadar PSJni boshqaradi.
Enrikening klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida o'z nihoyasiga etishi kerak edi.
Malumot uchun Luis Enrike PSJni 2023 yilning iyul oyida qabul qilib olgandi. Bu davr mobaynida murabbiy jamoa bilan Franciya chempionligi va Franciya kubogini qo'lga kiritdi.
Fikrlar