Luis Enrike: "Germaniya? Ispaniya istalgan termani yutishi kerak"
27 noy 2022 13:39
Yangiliklar
Luis Enrike: "Germaniya? Ispaniya istalgan termani yutishi kerak"
"Agarda kimdir ularning libosiga qarasa, to'rtta chempionlik yulduzini ko'rishi mumkin. 1994 yili ularga qarshi o'ynaganman, o'shanda ham ushbu terma o'zining jismoniy ko'rsatkichlari bilan maqtana olardi. Ispaniya istalgan termani yutishi kerak, shu jumladan, Germaniyani ham. Bu bizning maqsadimiz.
Bugungi futbolda tenglik hukm surmoqda. Ushbu turnirda ham bir necha sensaciyalarni ko'rdik, bu esa futbolda mo'jizalar yuz berishini ko'rsatadi. Hech qachon raqibni oldindan mag'lub etib bo'lmayapti. Bugun biz yutamiz, ertaga raqiblar. Asosiysi - vaziyatni nazorat qilib turish.
Futbolchilarimni to'p bilan ko'proq nazorat qilib turish, raqib maydonida ko'proq o'ynab, o'z jarima maydonchamizga kamroq yaqinlashtirish maqsadida tayyorlayman. Qo'l ostimda har bir poziciya uchun ikkitadan futbolchi bor. Ularning har biriga qattiq ishonaman", - dedi Luis Enrike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar