So’nggi yangiliklar

13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   0 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  3 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  9 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  10 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1

Luchano Spaletti: “Mening 80 yoshli onam ham “Inter”ga himoyachi zarurligini biladi” Yangiliklar

Luchano Spaletti: “Mening 80 yoshli onam ham “Inter”ga himoyachi zarurligini biladi”

Milanning “Inter” klubi uchun A seriya 1-davrasining so'nggi to'rt o'yini omadsiz keldi. Ketma-ket ikki durang va ikki mag'lubiyat bosh murabbiy Luchano Spaletti manziliga tanqidlarni ko'paytirdi.

2-davra startini ham “Inter” ochko yo'qotish bilan boshladi. Florenciyada “Fiorentina” mehmoni bo'lgan milanlik futbolchilar qo'shimcha daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan boy berdi. 


“Bu hafta biz uchun muammolarga boy bo'ldi. Nagatomo tumovga chalindi, Ranokkiya esa o'zida og'riq his qilayotganiga qaramay, to'p surdi. Jamoa to'pni juda oson yo'qotib, o'ziga-o'zi muammo yaratyapti. Vaholanki, bizda ikkinchi golni urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. “Fiorentina” futbolchilari o'z imkoniyati darajasida o'ynay olmayotgan paytda, biz bundan foydalana olmadik”, — deb aytib o'tdi Spaletti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.


“Inter” bosh murabbiyi o'yin sifati borasidagi savoldan keyin chegaradan chiqishga majbur bo'ldi va ovozini balandlatib javob qaytardi:


“SHu kabi savollar jonimga tegdi. Balki o'zingiz echinish xonasiga kirib, o'yinchilar etarli darajada yaxshi o'ynamayotgani haqida aytarsiz-a? Men o'zimni qilyapman, shunga qaramay, muammolarimiz bor. Hammaga ayonki, bizga markaziy himoyachi etishmayapti. Faqat uyida o'tiradigan 80 yoshli onam ham hatto bu haqda biladi. Biz esa borimizdan foydalanishga majburmiz, bu bazida qo'l ham kelyapti. Kadrlar etishmovchiligi borasidagi javobim bilan o'zimni oqlash niyatim yo'q”. 


“Inter” navbatdagi turni 21 yanvar kuni Rimning “Roma” klubiga qarshi o'tkazadi. Tomonlarning Rimda kechgan 1-davra o'yinida milanlik futbolchilar 3:1 hisobida zafar quchishga erishgandi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика