So’nggi yangiliklar

15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  1 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  2 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  16 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  8 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  46 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  11 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9

"Lokomotiv"ning Dubaydagi yig'inida ishtirok etayotgan legionerlari haqida Yangiliklar

"Lokomotiv"ning Dubaydagi yig'inida ishtirok etayotgan legionerlari haqida

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Bugungacha jamoa Dubayda 3ta nazorat uchrashuvi o'tkazib ulgurdi. Birinchi o'rtoqlik o'yini "Dubay" SK jamoasiga qarshi kechgan edi va unda "Lokomotiv" Oleg Zoteevning goli evaziga hisobda olidnga chiqib olib, o'yin nihoyasida bir gol o'tkazib yuborgan va durang natija bilan o'yinni nihoyalagandi.

Undan so'ng Sudanning "Al-Hilol" va Kuvaytning "Kuvayt" SK jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazdi. Sudan chempioniga mag'lub bo'lgan "temiryo'lchilar", keyingi o'yinda Kuvayt jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

Hozirgi vaqtda jamoada bir necha xorijlik futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.

Jamoamiz safida ko'rikdan bo'lgan ikki braziliyalik futbolchilardan biri - Danubio braziliyaga qaytdi. Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi u bilan shartnoma imzolamaslik haqida qaror qildi.

Braziliyaliklarning ikkinchisi - Bruno Melo da Silva esa hali jamoa bilan shug'ullanishni davom ettirmoqda.

Bruno Melo da Silva 1991 yilda, Braziliyaning San-Paulu shahrida tavallud topgan.

Bruno mehribonlik uyida voyaga etgan. 7-8 yoshligidan futbol bilan shug'illanishni boshlagan Bruno mehribonlik uylarida tarbiyalanganlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati ishtirokchisigina bo'lib qolmay, ushbu turnirning g'olibi ham hisoblanadi.U o'ng qanot yarim himoyachisi, hujumchi ortida harakat qiluvchi hujumkor yarim himoyachi amplualarida o'ynaydi. SHuningdek, hujumda ham harakat qila oladi.

Braziliyaliklardan tashqari "Loko"da yana uch nafar rossiyalik futbolchilar ham ko'rikdan o'tyapti.

Ulardan biri - Ruslan Grachevich Koryan.

Kelib chiqishi arman bo'lgan ushbu rossiyalik futbolchi 1988 yilda tug'ilgan. Hujumchi. Professional faoliyati davomida

"Mordoviya", SKA (Rostov-na-Donu) va "Luch Energiya" kabi klublarda to'p surgan Koryan "Lokomotiv"ning dubaydani 3 nazorat uchrashuvida ikkita gol urib ulgurdi.

Kalayjan Arkadiy esa "Sochi" jamoasida to'p surgan markaziy himoyachidir. Bo'yi 188 bo'lgan bu bo'ydor futbolchi 1992 yilda tug'ilgan.

Rossiyalik yana bir hisoyachi Igor Golban esa huquqiy jihatdan Moskvaning "Lokomotiv" klubiga tegishli bo'lib, u turli jamoalarda ijara asosida to'p surib kelmoqda. Igor 1990 yilda tavallud topgan.

Takidlash kerakki, "Lokomotiv" dastlabki yig'inini 20 yanvarga qadar Dubayda o'tkazadi. Jamoada ko'rikdan o'tayotgan legionerlardan kimlarni olib qolish haqida murabbiylar shtabi yig'indan so'ng bir qarorga keladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика