So’nggi yangiliklar

22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  5 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  0 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  9 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  61 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  297 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  5 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  7 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  5 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  5

"Lokomotiv": Yurak kasali bilan og'rigan bolakay tarbiyalanuvchilarimiz bilan futbol o'ynadi Yangiliklar

"Lokomotiv": Yurak kasali bilan og'rigan bolakay tarbiyalanuvchilarimiz bilan futbol o'ynadi

Teglar :  Lokomotiv
O'tgan hafta championat.asia sayti tomonidan yurak kasali bilan og'rigan bolakay Hasanjon Rahimjonovga atab xayriya akciyasi tashkil qilindi.

Akciya davomida o'zbek futboli yulduzlari ishtirokida shou-uchrashuv ham o'tkazildi. 2009 yilda tug'ilgan Hasanjon bungacha bir marta yurak operaciyasini boshidan o'tkazgan. Endi bo'lsa 2 yanvar kuni otasi bilan Hindistonga jo'nab ketadi va u erda yana bir bor operaciya qilinadi.

Bugun Hasanjonning otasi Ergashev Olimjon aka o'g'lini Labzakdagi suniy maydonga olib keldi va “Lokomotiv”ning 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari bilan futbol o'ynattirdi. Bundan yosh bolakayning o'zi ham nihoyatda xursand bo'ldi. O'yin oxirida “Lokomotiv” bolalar va o'smirlar futbol maktabi direktori Erkin Saidov Hasanjonga futbol to'pi va kelajakda tezroq tuzalib yaxshi futbolchi bo'lsin degan maqsadda oltin medal hadya qildi. Bundan tashqari, futbolchi-murabbiylar hamda ota-onalar Hasanjon bilan esdalik suratga tushishdi.

Tadbir yakunida Hasanjonning otasi Olimjon aka quyidagi fikrlarni bildirdi: “Lokomotiv” futbol klubiga katta rahmat. Ayniqsa, bizga yaxshi etibor bergan To'labek Akramovga alohida minnatdorchilik bildiraman. Nasib qilsa, 2 yanvar kuni Hindistonga uchib ketamiz va u erda o'g'lim yana bir marta operaciya qilinadi. O'g'lim tez orada tuo'zalib ketadi degan umiddaman, hozir yurak urishi yaxshi, biroq juda tez toliqib qolyapti. To'g'risini aytsam, o'zim ham futbolga qiziqaman va “Lokomotiv” jamoasiga muxlislik qilaman. Niyatim, “Lokomotiv” kelasi mavsum O'zbekiston chempioni bo'lsin, Osiyo chempionlar ligasida g'alaba qozonsin. Biz oilamiz bilan Toshkent viloyati, Parkent tumanida istiqomat qilamiz. O'zim oddiy haydovchiman. Oramizda shunday yaxshi insonlar borligidan juda quvondim”.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика