"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni keyingi yildan boshlaydi
20 dek 2022 11:50
Yangiliklar
"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni keyingi yildan boshlaydi
SHu boisdan klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan yangi mavsum uchun rejalar jiddiy tarzda ishlab chiqilmoqda. Ayni damda jamoa tarkibiga yangi olib kelinadigan futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so'ng tarkibdagi yangiliklar bilan ham tanishtirib o'tiladi.
Jamoa mavsumga tayyorgarlikni 2023 yilning 6 yanvar kunidan "Lokomotiv" qarorgohida boshlaydi. Ushbu kichik yig'in 19 yanvarga qadar davom etadi va jamoa 20 yanvar kuni tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o'tash uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi.
Turkiya yig'ini doirasida "Lokomotiv" 6 ta sinov-nazorat o'yinida qatnashadi. Hozircha shulardan ikki o'yinning raqibi va sanasi aniq:
22.01.2023
"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya)
27.01.2023
"Lokomotiv" - "Dukajini" (Kosovo)
Yig'in doirasidagi qolgan uchrashuvlar uchun raqiblar bilan muzokaralar davom etmoqda. Bu boradagi malumotlarni keyinroq tanishtirib o'tamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar