"Lokomotiv" futbolchisining goli Tojikiston termasiga "Merdeka Kubogi" sovrinini taqdim qildi
17 okt 2023 23:33
Yangiliklar
"Lokomotiv" futbolchisining goli Tojikiston termasiga "Merdeka Kubogi" sovrinini taqdim qildi
Bugun Malayziyada ananaviy tarzda tashkillashtirib kelinayotgan "Merdeka Kubogi"ning final o'yini bo'lib o'tdi.
Unda yarim finalda Hindiston termasidan ustun kelgan Malayziya hamda finalda to'g'ridan-to'g'ri qatnashgan Tojikiston termalari kuch sinashdi. Bahsda tojikistonlik futbolchilarning qo'li baland keldi, 2:0.
Bahsning 44-daqiqasida "Lokomotiv"ning tojikistonlik futbolchisi Rustam Soirov hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim yakuniga 2 daqiqa qolganida SHaxrom Samiev so'nggi nuqtani qo'ydi.
Malayziya - Tojikiston 0:2
Gollar: Rustam Soirov, 44 (0:1). SHaxrom Samiev, 88 (0:2).
Ushbu uchrashuvda, shuningdek, "Neftchi" himoyachisi Zoir Jo'raboev, "Lokomotiv" qanot himoyachisi Manuchexr Safarov, "Buxoro"dan Muhammadjon Rahimov kabi futbolchilar ham ishtirok etishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar