Davron Hoshimov: "Kattaqo'rg'on" bir mavsumlik jamoa emas. Pro liga o'tgan yilgidan qiziqarliroq bo'ladi"
02 jan 17:35
Yangiliklar
Davron Hoshimov: "Kattaqo'rg'on" bir mavsumlik jamoa emas. Pro liga o'tgan yilgidan qiziqarliroq bo'ladi"
Futbolchi o'tgan yil taassurotlari, “Lokomotiv” bilan xayrlashuv sabablari va yangi jamoadan kutilmalar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— O'tgan mavsum siz uchun qanday o'tdi?
— Avvalo, barchani Yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchamizga omadli kelsin. 2025 yilda “Lokomotiv” bilan Pro ligada ishtirok etdim va jamoaning Superligaga qaytishiga qo'limdan kelgancha hissa qo'shdim. Mavsum juda og'ir o'tdi. Ko'rdingiz, “Aral”, “Olimpik Mobiuz” bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi.
Shu bilan birga, Pro ligada atigi 6 ta jamoa ishtirok etgani sabab o'yin amaliyoti kam bo'ldi, bu esa qiyinchilik tug'dirdi. Shunga qaramay, rahbariyat oldimizga qo'ygan vazifani bajardik. “Lokomotiv” oldida yuzimiz yorug' bo'ldi.
— Superligada to'p tepish imkoniyati bor edimi?
— Biz “Lokomotiv”ni Superligaga olib chiqdik. Keyingi qaror esa rahbariyat va murabbiylar qarashlariga bog'liq bo'ldi. Klub tomonidan taklif bo'lmadi, ammo rahbariyat barcha maoshlarimni to'liq berdi va vaziyatni to'g'ri tushuntirdi. Fursatdan foydalanib, “Lokomotiv” klubiga katta rahmat aytaman. Oldingi mavsumda jamoaga faqat omad tilayman.

— “Kattaqo'rg'on”ga o'tishingiz qanday yuz berdi? Bu jamoa ko'pchilik uchun yangi hisoblanadi…
— “Kattaqo'rg'on” menga taklif bilan chiqdi. O'zim ham borib, rahbariyat bilan uchrashdim. Maqsadlar jiddiy ekanini ko'rdim. Muzokaralar davomida bu jamoa bir mavsumlik emasmi, degan savolni ochiq qo'ydim. Rahbariyat yo'q, deya javob berdi va aniq rejalari bilan bo'lishdi. Baza, mashg'ulot maydonlari bilan tanishdim — barchasiga professional tarzda yondashilgan. Shu sabab ishonch bilan shartnoma imzoladim. “Kattaqo'rg'on” bir yillik jamoa emas. Agar Superligaga chiqsak, klubni yaxshi istiqbollar kutmoqda.
— Yangi mavsumda Pro ligada jamoalar soni oshiriladi. Raqobat ham kuchayishi kutilmoqda. “Kattaqo'rg'on”dan kutilmalar qanday?
— Albatta, jamoalar soni qancha ko'p bo'lsa, o'yin amaliyoti ham shuncha ortib boradi. O'tgan mavsum ham oson bo'lmadi. Yangi chempionat ancha qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman. “Kattaqo'rg'on” maksimal darajada harakat qiladi. Rahbariyat oldimizga qo'ygan vazifani bajarish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Pro liga oddiy chempionat emas, ammo biz syurpriz ko'rsatishimiz mumkin. Oldinda jiddiy o'yinlar bor. Menimcha, bu yil Pro liga o'tgan yilgiga qaraganda ancha qiziqarli bo'ladi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar