So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

“Lokomotiv” bugun chempionlik masalasini hal etishi mumkin Yangiliklar

“Lokomotiv” bugun chempionlik masalasini hal etishi mumkin

Teglar :  LokomotivDinamo
Bugun Samarqandda Oliy Liga-2017 mavsumining eng hal qiluvchi uchrashuvlaridan biri bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston chempionligi unvonini saqlab qolishga juda-juda yaqin turgan “Lokomotiv” “Dinamo” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, “Lokomotiv” ushbu uchrashuvda g'alabaga erishish orqali mavsum yakunlanishiga 1ta tur qolganida muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqadi. Bu orqali “temiryo'lchilar” ketma-ket ikkinchi yil Oliy Liga etakchiligini saqlab qolgan bo'lishadi.


“Lokomotiv” bugun g'alaba qozonsa muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqadi.

Takidlash joizki, “Dinamo” hamda “Lokomotiv” jamoalari milliy chempionatlarimiz doirasida shu paytga qadar 23 marta o'zaro to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi natijalarda hozircha tenglik: Yani har ikki jamoa ham 10 martadan g'alabaga erishgan, 3ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. Bugungi bellashuvda g'alaba qozonadigan klub o'zaro o'yinlar tarixida raqibidan o'zib ketishga muvaffaq bo'ladi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, “Dinamo” so'nggi bor “Lokomotiv”dan o'z uyida 2013 yilda ustun kelgan. O'shanda samarqandliklar 1:0 hisobida zafar quchishgan edi. SHundan so'ng “Loko” ushbu raqibga umuman yutkazmay kelmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика