So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  0 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  3 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  0 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  19 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  2 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  5 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  24 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  14 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  19 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

"Lochin" ustozi Eldor Moyliev: "Pro ligada kuchli uchlikka kirishga harakat qila olamiz" Yangiliklar

"Lochin" ustozi Eldor Moyliev: "Pro ligada kuchli uchlikka kirishga harakat qila olamiz"

Teglar :  Eldor MoylievLochin
"Lochin" taraddudni Toshkentda davom ettirmoqda.

Jamoa ustozi Eldor Moyliev "Aral"ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tayyorgarlikning ikki bosqichini Qarshida o'tkazdik. Ayni paytda poytaxtda nazorat uchrashuvlarida ishtirok etyapmiz. Barchasi rejamiz bo'yicha ketmoqda. 8 ta nazorat o'yinlari belgilangan, bu orqali sport formamizni optimal holatga olib kelishni maqsad qilganmiz. Barchaga o'ynash imkoniyatini beryapmiz desam yanglishmayman",- deydi Eldor Moyliev.

- Tarkibni shakllantirishda muammolar bo'lmayapti?

- "Lochin"dagi yigitlar bilan "Nasaf-Farm" jamoasida birga ishlaganmiz, shu bois qiyin bo'lmayapti. Ular bilan Birinchi ligadan Pro ligaga chiqqandik. Tajribali futbolchilarni ham taklif qilyapmiz. Yaxshi jamoa shakllantirishni niyat qilganmiz deya olaman. 

- Debyutant jamoa uchun maqsadlar qanday?

- Ko'ryapsiz, jamoalar o'rtasida farq yo'q. Hamma jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Shogirdlarimga yuz foiz ishonaman. Salohiyatimizdan kelib chiqib kuchli uchlikka harakat qila olamiz. 

- Jamoaning tajribali hujumchisi Zafar Polvonov o'tgan yili Birinchi ligada gollar urdi. Uning taqdiri nima bo'ldi?

- Zafar Polvonovda yosh o'z so'zini aytadi. Pro ligada tezlik kerak. Iqtidorli hujumchi, lekin uni o'z xohishi bilan U-19 jamoamizga murabbiy etib tayinladik.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
13 fev 13:35:13
Shuhrat Xayriddinov
LOCHINLARGA uxshashi yo'q. Olg'a QarDu. Eldor Moyliyevni taynlov menimcha yaxshi murabbiy. Super ligada ishlagan tajribasi bor. Xudo xoxlasa Zamonaviy QarDU stadionga faqat chiroyli uyinlar va tema jamoamizga yangi iqtidorlar etishib chiqsin. Omad Qashqadaryo
   
13 fev 11:52:37
Cr7_
.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика