SofaScore. Shomurodov va Fayzullaev "Gyoztepe"ga qarshi o'yinda qanday baholandi?
07 mar 20:36
Yangiliklar
SofaScore. Shomurodov va Fayzullaev "Gyoztepe"ga qarshi o'yinda qanday baholandi?
SofaScore portali Turkiya Superligasi 25-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Gyoztepe" o'yinida futbolchilarga qo'yilgan ballarni elon qildi.
Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va maydonda to'liq harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa asosiy tarkibda o'yinga qo'shilib, tanaffusda almashtirildi. Xavbek jamoasining ilk goliga assistentlik qildi.
Shomurodovning xatti-harakatlari 7.1 ballga baholangan bo'lsa, Fayzullaevda bu ko'rsatkich 6.8'ni tashkil etadi.
"Bashakshexir" Turkiya Superligasida 25 o'yindan so'ng 42 ochko jamg'argan holda beshinchi o'ringa chiqib oldi. Undan pastki o'rinda kelayotgan "Gyoztepe"da ham shuncha ochko bor.
Istanbul klubining o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 16 ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi o'rindagi Pol Onuachuda 18 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar