"Liverpul" yanvarda Karvalyuni qaytarmoqchi
14 dek 2023 11:00
Yangiliklar
"Liverpul" yanvarda Karvalyuni qaytarmoqchi
"Liverpul" "Leypcig" bilan o'z vingeri Fabiu Karvalyuning ijarasini muddatidan oldin tugatish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
O'tgan yozda Premer-liga klublaridan Karvalyuga qiziqish katta edi, ammo "Liverpul" Fabiuni amaliyot uchun "Leypcig"ga yuborishga qaror qildi.
Bu qaror o'zini oqlamadi, chunki Karvalyu shu paytgacha Bundesliga klubi safida bor-yo'g'i 257 daqiqa o'ynab, bir martagina asosiy tarkibda tushdi.
"Liverpul" Karvalyu bilan bog'liq holatdan norozi va transfer gurusi Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 21 yoshli portugaliyalikni yanvar oyida ijaradan qaytarish niyatida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar