"Liverpul" va "Yuventus" "CHelsi" futbolchisini nishonga oldi
18 noy 2022 13:30
Yangiliklar
"Liverpul" va "Yuventus" "CHelsi" futbolchisini nishonga oldi
Xavbek Evropaning boshqa top-klublarining radarida.
"CHelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt hali klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi. Amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"The Guardian" xabariga ko'ra, "Liverpul" va "Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mauntning "CHelsi"ni tark etish qarori aniq bo'lgach, ikki klub ham kurashni boshlashga tayyor.
Maunt – "CHelsi" tarbiyalanuvchisi va 2019 yildan beri asosiy jamoada o'ynamoqda.
23 yoshli xavbek joriy mavsum londonliklar safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar