"Liverpul" so'nggi 6 ta o'yinda asosiy vaqtda 1 martagina g'alaba qozona oldi
14 jan 2022 09:24
Yangiliklar
"Liverpul" so'nggi 6 ta o'yinda asosiy vaqtda 1 martagina g'alaba qozona oldi
"Liverpul" Angliya kubogining yarim finalida "Arsenal" bilan durang o'ynadi (0:0).
Yurgen Klopp shogirdlari so'nggi 6 ta o'yinda faqat bir martagina asosiy vaqtda g'alabaga erishdilar. Bu g'alaba Angliya kubogi doirasida uchinchi divizion jamoasi "SHrusberi" ustidan qo'lga kiritilgan.
Mersisaydliklar shuningdek Liga kubogining 1/4 finalida "Lester"ni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.
Qolgan to'rtta o'yinda esa "Liverpul" uchta durang va bitta mag'lubiyat qayd etgan.
Jamoa navbatdagi o'yinini 16 yanvar kuni APL doirasida "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar