"Liverpul" o'ziga kerakli murabbiyni LinkedIn orqali qidirmoqda
23 may 01:33
Yangiliklar
"Liverpul" o'ziga kerakli murabbiyni LinkedIn orqali qidirmoqda
LinkedIn tarmog'ida "Liverpul" klubidagi bo'sh ish o'rni haqida elon paydo bo'ldi.
Angliyaning "Liverpul" klubi standart vaziyatlar bilan ishlovchi murabbiyni LinkedIn (ish qidirishga mo'ljallangan tarmoq) ijtimoiy tarmog'idan qidirmoqda. Mersisaydliklar LinkedIn'ga ushbu bo'sh ish o'rni bo'yicha maxsus elon joylashtirishdi. Daily Mail nashrining yozishicha, bu juda kamdan kam holatda kuzatiladi. Futboldagi bu kabi yuqori lavozimlarga aksar holatlarda yopiq tarzda nomzod izlanadi.
"Liverpul" o'z elonida klubga UEFA A licenziyasiga ega murabbiy kerakligi va u jamoada standart vaziyatlar bo'yicha ishlashini malum qilgan. Klub raqobatbardosh maosh to'lashi, yiliga 25 kunlik tatil (o'z hisobidan yana besh kun) berishini qo'shimcha qilgan.
Fikrlar