"Liverpul" ikki futbolchisining ketishini elon qildi
17 may 18:33
Yangiliklar
"Liverpul" ikki futbolchisining ketishini elon qildi
Futbolchilar Joel Matip va Tyago Alkantara joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Liverpul"dan ketadi, deb xabar berildi Angliyaning 19 karra chempioni rasmiy saytida.
Ikkala futbolchi ham "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etadi.
Matip 32 yoshda. U 2016 yildan buyon "qizillar" safida to'p tepmoqda, kamerunlik himoyachi bungacha Germaniyaning "SHalke" klubida o'ynagan. Matip "Liverpul" tarkibida 2020 yilda Angliya chempioni bo'lgan, bir yil avval esa CHempionlar Ligasi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan. 2022 yilda Angliya Kubogi va Superkubogini yutgan, yana ikki marta Angliya Liga Kubogiga erishgan. Futbolchi "Liverpul" safida jami 201 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urgan.
Alkantara 33 yoshda. U "Liverpul"da 2020 yilning sentyabridan buyon o'ynamoqda. Angliya jamoasi tarkibida yarim himoyachi Angliya Liga Kubogi, Superkubogi va Angliya Kubogini qo'lga kiritgan. Umuman olganda, Alkantara mersisaydliklar safida 98 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan. "Liverpul"ga qadar yarim himoyachi "Barselona" va "Bavariya" klublarida harakat qilgan.
Fikrlar