"Liverpul" futbolchisining ota-onasi o'g'irlab ketildi
29 okt 2023 14:25
Yangiliklar
"Liverpul" futbolchisining ota-onasi o'g'irlab ketildi
"Semana" xabariga ko'ra, voqelik Barrankas shahrida bo'lgan. Ayni damda hodisaning ikki xil talqini mavjud: ilk malumotga qaraganda, Luis Manuel Dias va Silenis Marulanda mashinada ketayotgan bo'lgan va motociklda ularning yo'lini to'sib, qurollangan odamlar mashinaning ruliga o'tirib, ularni olib ketgan.
Ikkinchi malumotda esa ota va ona futbol tomosha qilib o'tirgan paytda ularning oldiga mashina keladi va qurolli bosqinchilar ulardan mashinaga o'tirishlarini so'rashadi.
Ayni damda harbiylar va policiya kuchlari o'g'irlab ketilganlarni topish uchun kuchlarni birlashtirishgan. Oradan bir qancha vaqt o'tib, Diasning onasi topilgan. Uning o'zi policiyaga xabar qilib, qaerda ekanligini aytgan. Hozirgi paytda futbolchining otasi qidirilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar