"Liverpul" "Bayer" himoyachisi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda
20 may 18:54
Yangiliklar
"Liverpul" "Bayer" himoyachisi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda
"Bayer" himoyachisi Odilon Kossunu yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar berdi "Caught Offside".
Manbaga ko'ra, "Liverpul" 23 yoshli ivuarlik futbolchini safiga qo'shishga asosiy davogar bo'lib turibdi. Ehtimoliy kelishuv 60 million evroga baholangan. Bundan tashqari, futbolchiga "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Bavariya" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.
Kossunu 2021 yilning iyulidan beri Leverkuzenning "Bayer" jamoasida o'ynamoqda. U leverkuzenliklar safida 101 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar