"Liverpul" "Barselona" muxlislari uchun chipta narxini oshirdi
19 apr 2019 14:48
Yangiliklar
"Liverpul" "Barselona" muxlislari uchun chipta narxini oshirdi
"Liverpul" "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi o'yinidan oldin mehmon jamoa muxlislari uchun chipta narxini oshirib qo'ydi.
Klub rasmiy sayti bergan malumotga ko'ra, mehmon jamoa uchun 4620ta chipta ajratilgan va ularning har biri 119 evro turadi.
"Liverpul" o'z muxlislari xarajatiga yordam berish uchun bunday narx belgiladi. SHunday qilib, ingliz klubi ishqibozlari "Barselona"ga qarshi mehmondagi o'yin uchun chiptani 88 evroga xarid qilishlari mumkin.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" ham shunday yo'l tutgan edi. "Liverpul" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi o'yin 1 may kuni Ispaniyada, javob uchrashuvi 7 mayda Angliyada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar