Lineker: “ECHLdan chiqib ketish “Barsa” uchun La Ligada ustunlik beradi”
		
		25 okt 2022 09:55
        Yangiliklar	
	
				
				Lineker: “ECHLdan chiqib ketish “Barsa” uchun La Ligada ustunlik beradi”
“Barselona” sobiq forvardi Gari Linekar sobiq jamoasining ECHLdagi ishtirokiga to'xtaldi.
			“Barsa”ga ustzolik qilish og'ir, chunki bu dunyodagi eng katta klublardan biri, ammo menimcha, Xavi hozirgacha yaxshi ishlab kelmoqda va rivojlanib bormoqda. Biror narsani tezda o'zgartirish mushkul. CHempionlar Ligasidagi vaziyat xafa qiladi, ammo musobaqadan chiqib ketish La Ligada ustunlik berishi mumkin, balki futbolchilar mundialdan keyin juda charchagan holda kelar”, deydi Lineker.
“Ko'kanorranglilar” CHempionlar Ligasi 5-turi oldidan “C” guruhida 4 ochko bilan 3-o'rinda turibdi. La Ligada esa Xavi shogirdlari 11 o'yindan keyin 28 ochko to'plagan holda 2-pog'onada bormoqda. Peshqadam “Real” bilan oradagi farq esa 3 ochko tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar