Liga Tartib-intizom qo'mitasi ilk yig'ilishini o'tkazdi. Qo'mitaga sobiq murabbiy raislik qilmoqda
03 mar 13:50
Yangiliklar
Liga Tartib-intizom qo'mitasi ilk yig'ilishini o'tkazdi. Qo'mitaga sobiq murabbiy raislik qilmoqda
Liga Tartib-intizom kodeksining 4-moddasi 1-bandidan kelib chiqib, Qo'mita besh nafar azodan tashkil topgan bo'lib, ular futbolning turli yo'nalishlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, murabbiy sifatida Furqat Esonboev taklif etilgan va u bir vaqtning o'zida Qo'mita raisi hisoblanadi. Sobiq futbolchi sifatida Baxtiyor Ashurmatov, sobiq hakam sifatida Bobur Haydarov, futbol sharhlovchisi sifatida Otabek Jo'raev, Liganing sport yo'nalishi bo'yicha Sardor Qudratullaev qo'mita beshligini to'ldiradi. Liga Komissari Diyor Xotamqulov Qo'mitada kotib sifatida faoliyat olib boradi. Liga Ijroiya qo'mitasi azosi Oybek Ibrohimxonov yuriskonsult sifatida tartib-intizom yo'nalishi bo'yicha Associaciya va Liga qoshidagi uch instanciya faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Kelishuvga ko'ra, Qo'mita Superliga va O'zbekiston kubogi doirasidagi tur o'yinlar yakunlanganidan keyin yig'iladi va mavjud holatlarni ko'rib chiqadi. Jumladan, Superliga 1-turi doirasida bugun ikkita ish ko'rib chiqilmoqda. Yig'ilish bayonnomasi imzolangach, bu haqda alohida xabar beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar