So’nggi yangiliklar

21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  0 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон ва Қатар кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  9 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  489 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6

Liga 1. "Lans" mehmonda yirik g'alabaga erishdi, Husanov esa francuz klubida ilk bor o'yinni to'liq o'tkazdi Yangiliklar

Liga 1. "Lans" mehmonda yirik g'alabaga erishdi, Husanov esa francuz klubida ilk bor o'yinni to'liq o'tkazdi

Liga 1 13-tur doirasidagi "Klermon" - "Lans" o'yini bo'lib o'tdi.

Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan Husanov o'yinni to'liq o'tkazdi. O'zining ishonchli harakatlari bilan ajralib turgan himoyachimiz 69-daqiqada sariq kartokcha oldi. 2ta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Lans" yirik (3:0) hisobda g'alaba qozondi.


"Klermon" — "Lans" 0:3

Gollar: 0:1 – 11 Vai, 0:2 – 50 Tomasson, 0:3 – 82 Said.

"Klermon": Diav, Konate (Zeffan, 86), Kofrie, Pelmar, Seydu, Neto, Rashani (Oje, 46), Manen (Gonalon, 66), CHam, Keita (Butobba, 66), Ke (Nikolson, 66).

"Lans": Samba, Agilyar, Gradi, Medina, Xusanov, Frankovski, Tomasson (Sotoka, 67), Fyuljeni (Gilavogi, 46; Said, 76), Abdul-Samed (Mendi, 66), El-Enaui (Diuf, 85), Vai.

Ogohlantirish: Ke (32), Vai (45), Gonalon (68), Xusanov (70).

CHetlatish: Vai (45), Seydu (45).


Clermont Foot

Ligue 1 . 13-tur

25/11/2023, 20:00

3
:
0
Tugadi

Lens

Elye Wahi - 11', Adrien Thomasson - 50', Wesley Said - 82'

Stadion: Stade Gabriel Montpied, 10455 tomoshabin

Bosh hakam: Benoit Millot

45'
90'
32'  Grejohn Kyei
45'  Alidu Seidu
45'  Pascal Gastien
46'  Elbasan Rashani (Florent Ogier)
66'  Yohann Magnin (Maxime Gonalons)
66'  Grejohn Kyei (Shamar Nicholson)
66'  Habib Keita (Bilal Boutobba)
68'  Maxime Gonalons
86'  Cheick Oumar Konate (Mehdi Zeffane)
11'  Elye Wahi
11'  Ruben Aguilar
45'  Elye Wahi
45'  Elye Wahi
46'  Angelo Fulgini (Morgan Guilavogui)
50'  Adrien Thomasson
66'  Salis Abdul Samed (Nampalys Mendy)
67'  Adrien Thomasson (Florian Sotoca)
70'  Abdukodir Khusanov
76'  Morgan Guilavogui (Wesley Said)
82'  Wesley Said
82'  Florian Sotoca
85'  Neil El Aynaoui (Andy Diouf)

LIGA 1 TURNIR JADVALI


BAHS YAKUNLANDI

90. Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

85. "Lans"da o'zgarish: Diuf Al Aynauini almashtirdi.

82. GOOOOOLLL!! Husanov boshlab bergan hujumni "Lans" golga aylantirmoqda! Vesli Said esa jarima maydonchasi ichidagi ajoyib harakatlarini gol bilan yakunladi!



77. Nihoyat! O'yinchilarga tibbiy yordam ko'rsatib bo'lindi, hammasi joyida.

73. Xavfli to'qnashuv. Ikki jamoa o'yinchilari bosh bilan to'qnashib ketishdi. Yoqimsiz holat. SHifokorlar ularning har ikkisiga yordam ko'rsatishmoqda.

70. Hakam Abduqodir Husanovga qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatdi. Hamyurtimiz o'zidan qochib ketayotgan raqibni ushlab qoldi.

68. Mezbonlar safida qo'pol harakati uchun Gonalon sariq kartochka bilan "siylandi".

67. "Lans" safida ikki o'zgarish: Abdul Samad va Tomassonning o'rniga Mendi va Sotoka tushirildi.

65. "Klermon" so'nggi daqiqalarda hisobdan kelib chiqqan holda oldinga intilmoqda. Ammo, "Lans" va Husanov himoyasini yorib o'tishga qiynalishmoqda.

54. "Klermon" xavfli hujum tashki qildi, ammo mehmonlarning baxtiga zarbadan so'g to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

50. GOOOOOOOL! "Lans" ikkinchi golni urdi. Darvozabonning pas berishdagi qo'pol xatosidan so'ng, Tomasson to'pni darvozaga burib qo'ydi.

47. Zarba! Medinaning uzoq masofadan chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng, raqib darvozaboni to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubord, burchak to'pi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikkala jamoada o'zgarishlar ro'y berdi, ammo biz qo'rqqani sodir bo'lgani yo'q, Husanov hali ham maydonda.

TANAFFUS

45+3. "Klermon" tarkibida Seidu qizil kartochka oldi, gol muallifi Vaxi ham ikkinchi sariq bilan maydondan "haydaldi". SHuningdek, mezbonlar bosh murabbiyi Gastienga ham qizil kartochka ko'rsatildi.

45+1. Jamoalar o'rtasidagi katta janjal ro'y bermoqda.

43. Birinchi taymda "Lans" himoyasi va Abduqodir Husanov ishonchli va bexato harakat qildi.

35. Vaxi! Mehmonlar hujumchisi o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Bu vaziyatda "Klermon" darvozabonining qoyilmaqom seyvini ham qayd etish kerak.

33. Biroz oldin Husanovga qarshi qo'pollik ishlatgan Kyei bu safar "Lans"ning boshqa bir o'yinchisini jiddiy tarzda yiqitdi. Sariq kartochka!

32. "Klermon" hujumda fol qayd etdi. Raqib to'p uchun kurashda Husanovni ushlab olgandi.

29. "Lans" hisobdagi farqni ikkitaga oshirishga yaqin kelgandi. Ammo, Vaxining sherigiga uzatmasi biroz kuchli chiqdi.

23. Hozircha mutlaq ustunlik mehmonlar tarafida. Bu zarbalar bo'yicha statistikada yaqqol namoyon bo'lmoqda - 0:8

17. Uch himoyachi sxemasining markazida o'ynayotgan Husanov hozircha ishonchli harakat qilmoqda.

11. GOOOOOOL! "Lans" hisobni ochmoqda. Qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Eli Vaxi raqib darvozasiga kiritmoqda.

10. "Lans" himoyachisi Jonatan Gradi shifokorlar yordamidan so'ng o'rnidan turdi.

6. Nihoyat o'yinda to'xtatish. Hakam Abduqodirni yoniga chorlab og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.

4. Hamyurtimizga sariq kartochka ko'rsatilishi mumkin. Husanov raqibni oyoqlari bilan yiqitdi, hakam esa to'p mezbonlarda qolgani uchun hujumni davom ettirishga ruxsat berdi.

4. Abduqodir Husanov raqib hujumini bartaraf etdi. U "Klermon"ning jarima maydonchasi ichiga uzatma to'pini qaytarib yubordi.

3. "Lans" dastlabki daqiqalardanoq hujumga zo'r bermoqda.

1. O'yinga start berildi!



- Assalomu aleykum! Bugun sizlar bilan Franciya chempionati 13-tur doirasidagi "Klermon" — "Lans" o'yinini kuzatib boramiz. Sababi, Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardanoq lansliklar safida maydonga tushadi. 

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика