So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  3 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  5 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  18 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0

"Li Man" bosh murabbiyi CHan Xiu Ming: "Tashkil topganimizga 4 yil bo'ldi, biz Osiyoga o'zimizni tanita oldik" Yangiliklar

"Li Man" bosh murabbiyi CHan Xiu Ming: "Tashkil topganimizga 4 yil bo'ldi, biz Osiyoga o'zimizni tanita oldik"

OFK kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Li Man" (3:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi CHan Xiu Ming va eng yaxshi futbolchi Jivanilton Ferreyra ishtirok etdi.

"Uchrashuv ancha qiziqarli o'tdi. "Nasaf"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz bugun o'zining yaxshi tomonlarini namoyish etdi. Agar bugun tezkor gol o'tkazib yubormaganimizda balki finalga chiqarmidik. Bunga ko'pchilik ishonmasligi mumkin, ammo tanaffusdan keyin ko'pchilik hisob yirik bo'ladi deb o'ylagandi.

Agar to'qnashuv uy-safar tizimida o'tganida vaziyat boshqacha bo'lardi. Aslida hal qiluvchi bosqichlarni uy-safar tarzda o'tkazish tarafdoriman, shunga qaramay "Nasaf"ni g'alaba bilan muborakbod etaman.

Rejamiz aniq edi: Himoyada ishonchli o'ynash va qarshi hujumda imkoniyatimizni kutish. Biroq tezkor o'tkazgan golimiz rejamizga tasir qildi.

"Li Man" klubi tashkil topganiga 4 yil bo'ldi. Mana shu qisqa davrda Osiyoga o'zimizni tanita oldik, - dedi CHan Xiu Ming.




"Bugun juda yaxshi jamoaga qarshi to'p tepdik. Yarim finalda oson raqib bo'lmasligini bilardik. Maydonda qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Oilamga ham rahmat", - Jivanilton Ferreyra.



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика