Levandovskiga kutilmagan xaridor paydo bo'ldi
12 iyu 2022 20:45
Yangiliklar
Levandovskiga kutilmagan xaridor paydo bo'ldi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashrining yozishicha, PSJ Polsha terma jamoasi futbolchisini sotib olishni istamoqda.
Klubning yangi futbol maslahatchisi Luish Kampush ushbu transferni yoqlamoqda. Mutaxassis 33 yoshli futbolchining jamoaga sezilarli foyda keltirishiga shubha qilmayapti.
Transfer amalga oshishiga klublar o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligi to'sqinlik qilishi mumkin.
33 yoshli Levandovski yakunlangan mavsumda "Bavariya" safida barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar