So’nggi yangiliklar

14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  1 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  0 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10 13:24Амир Тўрақулов: "Ишонч, умид, муҳаббат" ибораси жамоамиз шиорига айланган"  0 12:55"Реал" афсонавий дарвозабон вафот этганини эълон қилди  0 12:28"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 12:00Футзал бўйича Олий лига. БМБ 10 та гол урди, ОКМК ва "Локомотив"да ишончли ғалаба  0 11:25"Қайрат" ва "Реал" ўртасидаги тарихий тўқнашувнинг бош ҳаками маълум  7 10:43Италия терма жамоаси собиқ устози "Ал Иттиҳод" бош мураббийи бўлиши мумкин  0 10:15"Реал" сардори бир ойга сафдан чиқди  6 09:41"Манчестер Сити" етакчиси EЧЛнинг 2-турида тушмаслиги мумкин  6 09:08ОЧЛ 2. "Андижон" - "Ал Аҳли" учрашуви чипталарининг нархи маълум  5 08:40Sofascore. Шомуродов шериклари орасида энг яхшиси  2 08:13Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  4

Levandovski - xet-triklar qiroli. CHL rekordini o'rnatdi va Ronaldudan o'tib ketishga tayyor Yangiliklar

Levandovski - xet-triklar qiroli. CHL rekordini o'rnatdi va Ronaldudan o'tib ketishga tayyor

"Barselona" "o'lim guruhi"ni osongina kardiomashg'ulotlar bilan boshladi.

"Kamp Nou"ga CHexiyaning "Viktoriya" jamoasi keldi va 1:5 hisobida yutqazdi. Robert Levandovski bu o'yinda eng yaxshisi bo'ldi — 34 yoshli polyak navbatdagi xet-trikni qayd etdi. Yana qancha bunday qilish mumkin?!



"Barselona" birdan raqibdan ustunlik qildi va 13-daqiqada gol urdi. Golni yangi o'yinchilar urishdi: Frank Kesse Jyul Kundening pasini golga aylantirdi.


SHundan so'ng barchasi reja bo'yicha ketmadi. Kristensen jarima maydonchasi ichida Mokseraga qarshi qoida buzdi — hakam penalti belgiladi va daniyalikka qizil kartochka ko'rsatishga tayyorlanayotgan edi. Kataloniyaliklarni VAR qutqardi: yordamchilar bosh hakamga Moskera aylanayotgan paytda yiqilishidan oldin raqibning yuziga zarba berib yuborganini aytishdi. Penalti va Kristensenning chetlatilishi adolatli tarzda bekor qilindi.


SHundan so'ng Levandovski katta sahnaga chiqdi — u "Barselona"ning keyingi uchta golini urdi. Avvaliga unga Serji Roberto assistentlik qildi — polyak oldida hech kim yo'qligini angladi va jarima chizig'idan ajoyib zarba berdi.



Usmon Dembele birinchi taym so'nggida keyingi golni yaratib berdi. Francuz to'p yo'qotishdan so'ng uni o'ziga o'ngladi va uzoq ustun tomonga kross ijro etdi. Bu safar Levaga bitta teginish kifoya qildi.



Levandovski uchinchi golni 67-daqiqada urdi — Ferran Torresning pasidan so'ng jarima maydonchasi tashqarisidan. Yirik hisobga qaramay, Xavi Robertni final hushtagiga qadar maydonda qoldirdi.


Bu Levandovskining "Barsa"dagi ilk xet-trigi. Va CHLdagi oltinchisi (!)


Robert yangi klubida barchasini ajoyib boshladi — u hozircha faqatgina ilk turda "Rayo Valekano"ga gol ura olmadi. Uning statistikasi hayron qoldiradi!


• Levandovski "Barsa"ning so'nggi 4ta o'yinida 8ta gol urdi: La Ligada — 5ta, CHempionlar Ligasida — 3ta.


• Robert evrokuboklarda 107-o'yinini o'tkazdi va 108ta gol urdi.



• Bu xet-trik — polyak uchun "Barsa"da birinchisi, ammo CHempionlar Ligasida oltinchisi. Lionel Messi va Krishtianu Ronalduda — 8tadan.


• Levandovski CHL tarixida ilk bor uchta klub safida xet-trik qildi — "Barsa", "Bavariya" va "Borussiya". Balki, hamma gap "B" harfidadir?


• CHLdagi so'nggi besh xet-triklardan 3tasi Levandovskining hisobida. Yana 2ta — Karim Benzemaning ishi. Qani qolgan toplar, au?


• Leva xet-trik sabab Benzemadan CHLda gollar bo'yicha o'tib ketdi — 89ga qarshi 86. Oldinda Ronaldu (140) va Messi (125). O'tib keta oladimi?


• Levandovski CHLdagi debyut kunida gol urgan eng yoshi katta o'yinchiga aylandi (34 yil va 12 kun). Oldingi natija 2004 yildan beri Xenrik Larsson (32 yosh va 360 kun) uchun saqlab turilgandi.


Hayratdamisiz? Albatta, barchamiz kabi. Hatto, Levandovskining jamoadoshlari ham shokda.


"Levandovskining shu erda ekani va biz bilan shartnoma imzolagani, bu shunchaki sovg'a. U bizga ko'p narsa beradi, Robert buni allaqachon ko'rsatmoqda. U ajoyib professional va ajoyib inson", — deb aytdi "Barsa" sardori Serji Roberto ushbu o'yinda.



Levandovskining taqvimida keyingi bo'lib "o'lim"ga yaqin bo'lgan "Kadis" bor, jamoa La Liganing to'rtta turida birorta ham ochko jamg'armagan va to'plar nisbati 0:10ni tashkil etmoqda. Omad!


"Barselona" (Ispaniya) – "Viktoriya", Plzen (CHexiya) 5:1 (3:1, 2:0)

Goly: 1:0 – 13 Kessie, 2:0 – 34 Levandovski, 2:1 – 44 Sikora, 3:1 – 45 Levandovski, 4:1 – 67 Levandovski, 5:1 – 71 Ferran Torres.

"Barselona": Ter SHtegen, Serji Roberto (Pike, 46), Kristensen, Kunde, Alba, Kessie (Torre, 81), de Yong, Pedri (Gavi, 75), Levandovski, Dembele (Depay, 75), Fati (Ferran Torres, 65).

"Viktoriya", Plzen: Stanek, Gavel, Geyda, Pernica, Emelka (Golik, 86), Sikora (Pilarj, 79), Moskera (Yirka, 79), Vlkanova (CHermak, 78), Kalvax, Buxa, Xory (Bassi, 66).

Ogohlantirishlar: Pernica (4), Moskera (27), Xory (56), Emelka (62).


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика