So’nggi yangiliklar

17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1

Leo Igita: "Bu men uchun so'nggi JCH edi" Yangiliklar

Leo Igita: "Bu men uchun so'nggi JCH edi"

Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Qozog'iston – Argentina (1:6) o'yinidan so'ng qozog'istonliklar posboni Leo Igita fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Qiyin bahs bo'ldi. Birinchi taymda nazorat bizda edi, hammasi yaxshi ketayotgandi. Ikkinchi taymda xatolar qila boshladik. Argentinalik futzalchilar xatolarga javob berish bo'yicha mutaxassis bo'lib ketishgan. Ular xatolarni kechirmaydi va bir necha yillardan buyon buni isbotlab kelmoqda. Albatta, mag'lubiyatga uchrash alamli. Biroq jamoadoshlarim bilan faxrlanaman, ular faqat g'alaba uchun maydonga chiqishdi. Boshimizni tik tutgan holda uyga qaytishimiz kerak, chunki munosib o'ynadik. O'zbekiston xalqiga qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha muxlislar, yaqinlarimizga rahmat. Tashkilotchilik va musobaqa uchun masullarga tashakkur!



- Qozog'iston o'z oldiga qanday maqsadni qo'ygandi va qanchalik bunga erisha oldi?

- Dastlabki maqsadimiz guruhda birinchi o'rinni egallash edi, ammo bu unchalik o'xshamadi. Ispaniyaga qarshi yaxshi o'ynab, durangga erishdik. Liviyani yirik hisobda mag'lub etdik. Yangi Zelandiyani ham engdik. Ikkinchi o'rin bilan pley-offga chiqib, Portugaliya bilan ro'baro' keldik. Jahon chempionini chiroyli o'yin evaziga yutdik. Umuman olganda, barcha vazifalarni muvaffaqiyatli bajardik. Bugun ham hammasi reja bo'yicha ketayotgandi, biroq ikkinchi taymda barchasi nazoratdan chiqib ketdi. Vaziyatlar bo'ldi, ammo unumli foydalana olmadik. 1:6 hisobi qayd etilganiga qaramay, boshimizni tik tutgan holda yurishga loyiqmiz deb o'ylayman.

- Terma jamoadagi faoliyatingizni yakunladingizmi?

- Terma jamoadagi faoliyatim yakunlanmadi. Ammo bu men uchun so'nggi JCH edi. Uchta mundialda qatnashdim. Keyingi JCHda 43 yoshda bo'laman, bu qiyin bo'ladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика