So’nggi yangiliklar

08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  2 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  3 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0

LegionerUz. Qatarda nursiz shanba. Abduxoliqov jamoasiga 6 ta gol urishdi, Tursunovnikiga 4 ta Yangiliklar

LegionerUz. Qatarda nursiz shanba. Abduxoliqov jamoasiga 6 ta gol urishdi, Tursunovnikiga 4 ta

Vatanidan tashqarida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilar haqida malumotlar kamdek tuyuladi. Mana shu kemtikni qo'ldan kelgancha to'ldirishga harakat qilamiz.

Qatar Yulduzlar Ligasi

Sanjar SHoahmedov va Sardor Rashidov Dohadan jo'nab ketgach, Qatarda o'zbekistonlik ikki futbolchi qoldi: Sanjar Tursunov va Temurxo'ja Abduxoliqov. SHanba oqshomi ular to'p suradigan jamoalarga omadli kelmadi. Har ikki futbolchimiz mag'lubiyat bilan yuzlashdi. 

Temurxo'ja bilan suhbatlashdik. Aytishicha, rahbariyat jamoa oldiga minimum 4-o'rinni qo'lga kiritishni vazifa qilib belgilagan. Boisi, bu CHempionlar Ligasiga yo'llanma berishi mumkin bo'lgan pog'ona.

Ayni paytda “As-Sayliya” 4-o'rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikka kirish imkoniyati juda kam. Biroq mana shu 4-o'rinni saqlab qolishning imkoni bo'larmikin? Axir Abduxoliqov jamoadoshlari oxirgi o'yinda 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Al-Sadd

Qatar Stars League . 13-tur

20/01/2018, 18:25

0
:
6
Tugadi

Al-Sailiya

45'
90'

“Mezbonlar 2 ta gol urgach, jamoamiz o'yinni tashlab yubordi. Ikkinchi bo'limda hammasi chalkashib ketdi — deydi Abduxoliqov. — SHunaqasi ham bo'lib turadi. Bu mag'lubiyatni esdan chiqarib, keyingi o'yinlarni yutishimiz kerak. CHunki “As-Sadd”ga qarshi hamma yomon o'ynadi: darvozabondan tortib, hujumchilargacha”.

Xavi to'p suradigan jamoaga qarshi o'yinda Abduxoliqovda gol urish uchun imkoniyat ham bo'lmagan. O'yindan keyin futbolchilarning kayfiyati juda tushkun bo'lgani uchun, ortiqcha gap ham gapirilmagan. Bugun — dushanba kuni dahshatli mag'lubiyat sabablari tahlil qilib chiqiladi. 

“Jamoa yutqazib qo'ysa, birinchi ayb legionerlardan izlanadi. SHuning uchun ham bu erda hamma o'yinda maksimal yugurishga harakat qilamiz”, — dedi Abduxoliqov. “As-Sadd”ga qarshi o'yinda Temurxo'jadan tashqari jazoirlik Nodir Belhoj, braziliyalik Vagner Ribeyro, ruminiyalik Valentin Lazar to'p surgandi. Ammo buning hech qanday foydasi bo'lmadi. 

Abduxoliqov ayni paytda to'purarlar orasida 7-o'rinni egallab turibdi. Dastlabki 10 talikda asli Qatardan bo'lgan birorta ham futbolchi yo'qligi etiborga molik. 


Sanjar Tursunov to'p suradigan “Al-Haritiyat” klubining nafas olishi unchalik yaxshi emas. Liga autsayderlaridan biriga aylanib qolgan jamoa 13-turda qandaydir karomat ko'rsatishi qiyin edi. Xavi jamoasi bilan raqobatlashayotgan “Ar-Rayyan” kutilganidek Tursunov jamoasiga imkoniyat qoldirmadi. 

Al-Rayyan

Qatar Stars League . 13-tur

20/01/2018, 20:35

2
:
4
Tugadi

Al-Khuraitiat

45'
90'

“Al-Xaritiyat” bosh murabbiyi Sanjar Tursunovni boshlang'ich tarkibga kiritmadi. Uning jamoasi birinchi bo'limning o'zidayoq 3 ta gol o'tkazib yuborgach, murabbiy echinish xonasiga kirib ketayotganidayoq Tursunovga mashg'ulotni boshlashni buyurdi. 

SHu tariqa o'zbekistonlik legioner ikkinchi bo'lim boshidayoq maydonda paydo bo'ldi va mehmonlar o'yini jonlandi. Ular hatto durangga yaqin ham kelayotgandi. Biroq hujumga o'tib ketgan jamoa hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda jazolandi.

“Ikkinchi bo'limda o'yinning borishini o'z tomonimizga o'zgartira oldik. Biroq yakunda baribir to'rtinchi golni o'tkazib yubordik. “Ar-Rayyan” haqida bilasiz, sovrin uchun kurash olib borayotgan jamoa. Bizda 4 nafar legioner bo'lsa, ularda 9 ta. SHulardan 5 nafari limitni buzib qo'ymaslik uchun Qatar fuqaroligini olgan”, — dedi Sanjar Tursunov.

Turnir jadvalida “As-Sayliya” rahbariyat talab qilayotgan o'rinni egallab turibdi. Sanjar Tursunov jamoasi esa xavfli zonada. Reglamentga ko'ra, 12-o'rin egasi Yulduzlar Ligasi bilan xayrlashadi. 11-o'rin sohibi esa pley-offda o'ynaydi. “Al-Haraytiyat” hozir shunday mavqeda. 

Championat.asia statistikasi 

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика