So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

LegionerUz. Otabek SHukurovning qadami “SHarja”ga yoqdi. Rashidovga-chi, “Al-Jazira” yoqyaptimi? Yangiliklar

LegionerUz. Otabek SHukurovning qadami “SHarja”ga yoqdi. Rashidovga-chi, “Al-Jazira” yoqyaptimi?

Amirlik chempionatida navbatdagi “o'zbek derbisi” bo'lib o'tdi va unda Otabek SHukurov harakat qiladigan “SHarja” klubi Igor Sergeevning “Al-Dafra” klubini taslim qildi - 2:0.

Sharjah Cultural Club

Welliton - 48', Hasan Al Hammadi - 90'

Arabian Gulf League . 13-tur

22/01/2018, 18:10

0
:
2
Tugadi

Al-Dhafra

45'
90'
21'  Muhain Khalifa Mukhain
26'  Al Hussain Saleh
48'  Welliton
48'  Vander
66'  Lulinha (Suhail Al Mansoori)
79'  Saif Rashid Nasir (Yousif Saeed Juma)
89'  Welliton (Mohamed Ibrahim)
90'  Hasan Al Hammadi
65'  Yaser Al Juneibi (Abdullah Alseiari)
75'  Saeed Al Kathiri (Abdulla Al Jaberi)
81'  Sultan Al Shamsi (Ali Ibrahim)

Tomonlarning birinchi davra o'yinida “Al-Dafra” xuddi shu hisobda ustun kelgandi. Biroq ayni paytda jamoa ligada so'nggi o'rinni egallab turibdi. Makedoniyalik mutaxassis boshchilik qilayotgan klub ixtiyorida vaziyatni o'nglash uchun yana 9 ta tur bor.

Sergeev aytilgani kabi “o'zbek derbisi”da qaydnomaga kiritilmadi. Unda kichik jarohat bor. SHu o'rinda SHukurov va Sergeev masalasidagi farqli tomonga etibor qaratishni istardim. Igor jamoasi bilan yarim yillik shartnoma tuzdi, yani, mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Bu nima degani? U bahordayoq katta ehtimol bilan “Al-Dafra”dan xayrlashadi. Yani, bu vaqtincha qo'nim joyidek ko'rinadi.

Ayni paytda Sergeevning agentlari unga yangi klub izlash ishlari bilan band bo'lsa, ajablanmayman. Hujumchi “Paxtakor”dan ketgach, O'zbekistonda qola olmasdi. Unga xorijiy variantlar nisbatan qiziq ekani tushunarli. Ammo taklifda ham gap ko'p. Aytaylik, Sergeevni istalgancha reklama qilish uchun imkoniyat bor. CHunki yaqin-yaqingacha O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy hujumchisi bo'lib o'ynagan. Biroq ayni paytda Igor “Al-Dafra” uchun borini beradi, deb o'ylamayman. Professional sifatida har bir o'yinda astoydil yugurishi turgan gap. Biroq bu klub dardi bilan yashamoqda degani emas.

SHukurovda esa vaziyat boshqacha. Uni klubning o'zi yaxshi taklif bilan chaqirdi. O'z navbatida futbolchi ham qimmatli narsalaridan voz kechishga majbur bo'ldiki, hammasi “SHarja”ni ko'tarish uchun va klubida asosiy figuralardan biriga aylanib olish uchun. Kechagi g'alabasiga qadar ham “SHarja” SHukurov 90 daqiqadan o'ynagan 2 ta o'yinda zafar quchgandi. Avvaliga oson bo'lmagan raqib “An-Nasr” maydonidan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan sharjaliklar, keyin Prezident Kubogida Aziz Haydarov to'p suradigan “Ajman”ni 2:0 hisobida taslim etishdi. Endi esa chempionat doirasida Sergeev klubi ishonchli hisob bilan mag'lub etildi.

Sardor Rashidov

Ko'rinishidan Rashidovning “Al-Jazira” bilan ishlarida tushunmovchiliklar ko'p. Jamoaning gollandiyalik bosh murabbiyi BAA Superkubogi o'yinida ham Rashidovga imkoniyat bermadi. Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatini-ku, aytmasa ham bo'ladi.

Hozircha futbolchining o'zi bu borada aniq bir narsa deyayotgani yo'q. SHunday vaqtlar bo'ladiki, muammolar haqida gapirishni ham istamay qolasan. Balki murabbiy ketsa, hammasi joyiga tushar, balki Rashidovning o'zi “Al-Jazira”ni tark etishi kerakdir, kim biladi... Mana shunday paytda Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon Rashidovga ikki marta qo'ng'iroq qilgani va bitta klubda o'ynashni taklif qilgani yodga tushadi. Hozir “Al-Ayn” ligada peshqadam, ular yaqindagina Ahmad Halilni ham qo'lga kiritishdi.

Championat.asia statistikasi

Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика