So’nggi yangiliklar

23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  0 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  2 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1

Legionerlar cheklovisiz o'tkaziladigan yangicha formatdagi OCHL elitasi haqida nimalarni bilish lozim? Yangiliklar

Legionerlar cheklovisiz o'tkaziladigan yangicha formatdagi OCHL elitasi haqida nimalarni bilish lozim?

2024/25 yilgi mavsumdan Osiyo CHempionlar ligasi yangicha formatda o'tkaziladi.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) Ijroiya Qo'mitasi tomonidan elon qilingan uchta musobaqadan iborat yangi ko'rinishdagi loyihaning eng yuqori darajadagi turniri — Osiyo CHempionlar ligasi elitasida (ACLE) 24 ta jamoa ishtirok etadi. 

Yangicha formatdagi musobaqada xorijlik o'yinchilar uchun ajratilgan limit bekor qilinadi.


Hozircha ushbu o'rinlar bo'yicha ajratilgan kvotalar bo'yicha yakuniy xulosaga kelinmagan. OFK klublar reytingini inobatga oladigan bo'lsak, kvotalar mamlakatlar miqyosida quyidagicha taqsimlanishi mumkin:

G'arb mintaqasi

Saudiya Arabistoni — liga bosqichida 3 (saralash bosqichida 0)

Qatar — 2 (1)

Eron — 2 (1)

BAA — 1 (1)

O'zbekiston — 1 (0)

Iroq — 1 (0)

SHarq mintaqasi

Yaponiya — liga bosqichida 3 (saralash bosqichida 0)

Janubiy Koreya — 2 (1)

Xitoy — 2 (1)

Tailand — 1 (1)

Avstraliya — 1 (0)

Malayziya — 1 (0)

Ishtirokchi jamoalarning yakuniy ro'yxati OFK tomonidan har bir associaciya uchun yakuniy o'rinlar taqsimoti va klublar licenziyalash talablaridan o'tgan jamoalar ro'yxatidan kelib chiqib tasdiqlanadi. Kvotalar taxminan quyidagicha ajratiladi:

G'arb mintaqasi

Liga bosqichi

Saudiya Arabistoni — Saudiya Pro ligasi chempioni, Qirol kubogi g'olibi, Saudiya Pro ligasi vice-chempioni.

Qatar — Qatar Yulduzlar ligasi chempioni, Qatar Amiri kubogi g'olibi

Eron — Eron Pro ligasi chempioni, Eron kubogi g'olibi

BAA — BAA Pro ligasi chempioni

O'zbekiston — O'zbekiston Superligasi chempioni

Iroq — Iroq Premer-ligasi chempioni

Saralash bosqichi

Qatar — Qatar Yulduzlar ligasi vice-chempioni

Eron —  Eron Pro ligasi vice-chempioni

BAA — BAA Prezident kubogi g'olibi

SHarq mintaqasi

Liga bosqichi

Yaponiya — Yaponiya J1 ligasi chempioni, Yaponiya Imperator kubogi g'olibi, Yaponiya J1 ligasi vice-chempioni

Janubiy Koreya — Janubiy Koreya K1 ligasi chempioni, Janubiy Koreya kubogi g'olibi

Xitoy — Xitoy Superligasi chempioni, Xitoy kubogi g'olibi

Tailand — Tainland 1-ligasi chempioni

Avstraliya — Avstraliya A ligasi chempioni

Malayziya — Malayziya Superligasi chempioni

Saralash bosqichi

Janubiy Koreya — Janubiy Koreya K1 ligasi vice-chempioni

Xitoy — Xitoy Superligasi vice-chempioni

Tailand — Tailand kubogi g'olibi

Taqvim

Dastlabki bosqich

1-bosqich — 30 iyul, 2024 yil

2-bosqich — 6 avgust, 2024 yil

3-bosqich — 13 avgust, 2024 yil


Liga bosqichi

1-tur — 16–18 sentyabr, 2024 yil

2-tur — 30 sentyabr–1 oktyabr, 2024 yil

3-tur — 21–23 oktyabr, 2024 yil

4-tur — 4–6 noyabr, 2024 yil

5-tur — 25–27 noyabr, 2024 yil

6-tur — 2–4 dekabr, 2024 yil

7-tur — 3-4 & 11-12 fevral, 2025 yil

8-tur — 17–19 fevral, 2025 yil


Pley-off bosqichi

1/8 final — 3-5 & 10-12 mart, 2025 yil

1/4 final — 25–26 aprel, 2025 yil

1/2 final — 29–30 aprel, 2025 yil

Final — 4 may, 2025 yil

Qolgan ikki elita to'g'risidagi malumotlarni ham tez orada elon qilamiz.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика