So’nggi yangiliklar

11:52"Реал" сардори МЛС клубларидан таклиф олди  0 11:15Клопп «Астон Вилла»га қарши учрашувдан сўнг нималар деди?  0 10:52Мбаппе навбатдаги совринга эга бўлди  4 10:26Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Хитойда халқаро мусобақада иштирок этади  2 10:00Инглиз жамоаси бош мураббийи учун «Бавария»дан 100 миллион сўради  1 09:34Расман: Жиру «Лос-Анжелес»га ўтди  2 09:08Килиан Мбаппе «Реал Мадрид»га ўтганини қачон эълон қилиниши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 08:42БАА Про лигаси. Эркинов 78 дақиқа ўйнаган баҳсда «Ал Ваҳда» йирик ғалабани қўлга киритди  0 08:16Ўзбекистон U-14 терма жамоаси «Ривожланиш кубоги» ғолиблигини қўлга киритди!   1 07:50Ўзбекистон ОТЖ Тошкентда яна бир олимпиада йўлланмаси соҳибига қарши ўртоқлик учрашувини ўтказади  6 07:24Суперлига. Бугун 7-тур баҳслари якунига етади  3 06:05ЛаЛига. "Барселона" - "Реал Сосьедад" 2:0   4 06:00АПЛ. "Астон Вилла" - "Ливерпуль" 3:3   0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" ғалабани қўлдан чиқарди  9 02:00ЛаЛига. "Барселона" ишончли ғалабага эришди  29

Legioner tanlashni bilmaydigan "Lokomotiv" Yangiliklar

Legioner tanlashni bilmaydigan "Lokomotiv"

O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" jamoasi bugun ikkita transferni amalga oshirganini elon qildi.

O'zbekistonning ketma-ket uch bor chempioniga aylangan "temiryo'lchilar" o'z saflariga ikki nafar legioner futbolchilar - Yovan Jokich va Filip Rayevacni qo'shib oldi. Bilasiz, Yovan Jokich o'tgan mavsumda yurtimizga keldi va AGMK tarkibida yorqin o'yinlari bilan ajralib turdi. SHu boisdan ham "Lokomotiv" ushbu futbolchining xizmatlariga qiziqib qoldi. Filip Rayevac esa "Loko"ga qadar "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" jamoalaridagi faoliyati orqali barchaga yaxshi tanish.

O'zbekiston chempioni va OCHL guruh bosqichida o'ynashi aniq bo'lib ulgurgan yagona vakilimiz hisoblangan "Loko"ni mazkur transferlar qanchalik kuchaytiradi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

Men etibor qaratmoqchi bo'lgan jihat boshqa narsada. Yani, "Lokomotiv" jamoasining legioner tanlashda nunoqligi haqida.

Nega bunday deyapman?

Birinchidan, "Lokomotiv" jamoasida har transfer oynasida qandaydir legioner futbolchi keladi. Kelasi transfer bozori paytida yoki chempionat o'rtasida o'sha legioner klubni tark etadi. Bu jarayon 2012 yildan buyon muntazam davom etib kelmoqda.

"Loko"da yaxshi, o'zini ko'rsatgan va 1 mavsumdan uzoqroq o'ynab ketgan legionerlar ham yo'q emas. Masalan Kaxi Maxaradze. To'g'ri, Maxaradzeni O'zbekiston chempionatiga "Loko" olib kelgan. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Maxaradze "Paxtakor"da bizning chempionatdagi o'lchov bo'yicha top futbolchiga aylangan legioner. Keyinchalik "Loko"ning yangi davrida ushbu tajribali futbolchi yana ortga qaytarildi va jamoa o'z tarixida ilk bor chempionga aylandi hamda ketma-ket 3 yil shohsupadan pastga tushmadi. Yani, Maxaradzeni yangi davrdagi "Loko"ning selekcion mevasi deyish biroz erish tuyuladi.

Yangi davrdagi "Loko"ga, yanayam aniqrog'i 2012 yilgi mavsumdan buyog'iga jamoaga jami 24 nafar legioner futbolchilar olib kelindi. Etibor bering, 6 mavsumda 24 legioner! O'shalardan faqatgina Nemanya Yanichich o'zini oqladi va himoyachi 1 mavsumdan ko'proq jamoa sharafini himoya qilishga erishdi. Maxaradze esa hali takidlaganimizdek avvalgi "Loko" orqali chempionatimizga kelgan va "Paxtakor"da toblangan futbolchi.

2012 yilgi mavsumdan buyog'iga jamoaga kelgan legionerlar ichidan Akmal Xolmatov ham "temiryo'lchilar" sharafini 1 mavsumdan ko'proq himoya qilgan. Bilasiz, Akmal Xolmatovni ham O'zbekiston chempionatiga "Loko" emas, balki "Neftchi" olib kelgan. Yana bir legioner futbolchi, aniqrog'i "Olmaliq"dan "Loko"ga o'tgan Evgeniy Gogol ham "Loko"da bir mavsumdan ko'proq o'ynagan futbolchi sanaladi.

Qizig'i, "Loko" adashmaydigan legionerlar asosan avval Oliy ligamizda boshqa jamoalar orqali yaxshi sinalgan va toblangan futbolchilar. Ularning ko'p qismi Olmaliq bekati orqali "Loko"ga kelishayotgani ham etiborga molik holat.

Lekin "Lokomotiv" olib kelgan legionerlar ichidan birorta pichoqqa ilinadigan futbolchini topish muammo. SHu vaqtga qadar qanchadan-qanchadan legionerlar kelib-ketmadi deysiz. Doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan, hozirgi kundagi eng asosiy klubimizning selekciya ishlari juda achinarli holatda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Qizig'i, "temiryo'lchilar" olib keladigan legionerlarning darajasi va saviyasi hecham "Loko"ga mos emas. Aksincha, ularning aksariyati xattoki o'rta darajadagi mahalliy futbolchilar bilan bo'layotgan raqobatga ham dosh bera olishmayapti.

"Loko"da transferlar, selekciya ishlari bilan kim shug'ullanadi? Jamoada selekciyaga javobgar mutaxassis bormi? Nega ular bunday saviyasiz legionerlarni qalashtirib tashlashmoqda? Bundan jamoa qanchalik naf ko'ryapti? Oxirgi yillarda jamoaga kelgan legionerlar va ularning o'yinlari qanchalik tahlil qilinadi? Bu borada klub rahbariyati qanday fikrda? Nahotki chempion jamoa transferlar bilan shug'ullanadigan yaxshiroq skautni olib kela olmasa? Menimcha, "Loko"da legioner tanlaydigan yaxshigina skautga ehtiyoj bor.

2012-2018 yillar mobaynida "Loko"da Xaren Oganesyan, Hakim Fuzaylov, Vadim Abramov, Mirko Elichich/Andrey Miklyaev va Andrey Fyodorov kabi murabbiylar ishlashdi. Qizig'i, barcha mutaxassislar o'z davrida hech bo'lmaganda birgina legioner futbolchini "Loko"ga olib keldi. Misol uchun, o'tgan mavsumning o'rtasida jamoani qabul qilib olgan Andrey Fyodorov ham transfer oynasi paytida bir legionerni (Pogrebnyak) olib keldi va mazkur futbolchi chinakamiga zaxira futbolchisi sifatida mavsumni kuzatdi. Yuqorida sanalgan mutaxassislar davrida kelgan deyarli barcha legionerlar aksariyat vaqtini zaxira o'rindig'ida yoki tomoshabinlar qatorida o'tkazishdi.

To'g'ri, legioner futbolchini tanlash ko'p jihatdan omadga ham bog'liq. Lekin bu qadar ko'p futbolchidan hech biri "Loko"da o'z o'rnini topa olmaganini faqatgina omadga yuyish noto'g'ri. Bu ko'p jihatdan legioner tanlashdagi salohiyatga ham bog'liq aslida. Yoki legioner olib kelishdan ko'zlangan maqsad ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Umid qilamizki, "Loko"da mazkur masala bo'yicha klub rahbariyati chuqur tahlil o'tkazadi va kerakli xulosaga keladi. Avvalgi "Loko"da moliyaviy imkoniyatlar hozirgidek baquvvat va barqaror bo'lmagan bo'lsada, jamoa safida o'shanda bir qator malakali va legioner maqomiga mos tushadigan futbolchilar o'ynab ketishgan. Ulardan biri sifatida shubhasiz tajribali posbon, rossiyalik Aleksandr Filimonovni ko'rsatish mumkin. Yoki braziliyalik Everton Kavalkanteni ham shu qatorga qo'shsa bo'ladi. Har holda hozirgi "Loko"da Everton Kavalkante darajasidagi legioner kelgani yo'q. Oxirgi 6 yildan buyon "Loko"ga o'ynash uchun kelayotgan legionerlarning aksariyati shunchaki sayyoh sifatida yurtimizni aylanib ketishmoqda. Ular ichida omadi chopgan va mavsum yakuniga qadar qolgan chempionga aylangan futbolchilar ham yo'q emas. Masalan Nikolay Pogrebnyak.


"Lokomotiv"da o'ynagan barcha legionerlar ro'yxati:
Filip Rayevac (2019 yildan boshlab)
Yovan Jokich (2019 yildan boshlab)
CHo Suk Jae 2 o'yin
Pogrebnyak 2 o'yin
Nivaldo 7 o'yin, 1 gol
Yelich 19 o'yin, 1 gol
Muhammad Kone 17 o'yin
Krizo 2 o'yin
Olabiran Muyva 5 o'yin, 1 gol
Artur Gevorkyan 14 o'yin, 1 gol
Slaven Stepanovich 2 o'yin
Nemanya Yanichich 40 o'yin (2 mavsum)
Kaxi Maxaradze 120 o'yin, 7 gol (5 mavsum)
Ruslan Koryan 10 o'yin, 2 gol
Damir Koyashevich 8 o'yin, 1 gol
Andrey Kojokar 5 o'yin
Vyacheslav SHevchenko 7 o'yin, 1 gol
Akmal Xolmatov 31 o'yin, 10 gol (2 mavsum)
Evgeniy Gogol 28 o'yin, 2 gol (2 mavsum)
Alan Kusov 1 o'yin, 1 gol
Oleksandr Onika 11 o'yin
Mustafo Bindi 6 o'yin, 1 gol
Maksim Kazankov 21 o'yin, 2 gol
Jora Aganesyan 17 o'yin, 4 gol
Romik Xachateryan 12 o'yin
Arturas Fomenko 11 o'yin, 5 gol


2012 yildan avvalgi "Loko"da o'ynagan legionerlar ro'yxati:
Aran Voskanyan 12 o'yin, 3 gol
Aleksandr Filimonov 48 o'yin (2 mavsum)
Sergey Litovchenko 13 o'yin
Nenad Petrovich 18 o'yin, 1 gol (2 mavsum)
Yusuf Orazmamedov 3 o'yin
Ahmed Allaberdiev 7 o'yin, 1 gol
Piter Veyrosh 12 o'yin, 4 gol
Ivan Kucherenko 10 o'yin
Aleksandr Malcev 23 o'yin, 1 gol
Evgeniy Zemskov 17 o'yin (2 mavsum)
Everton Kavalkante 42 o'yin, 9 gol (3 mavsum)
Pavel Matus 29 o'yin
Uilson Teysheyra 20 o'yin, 2 gol
Okafor Obinna 3 o'yin


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика