Laportaga Feliksning o'yini yoqadi, ammo "Barsa" va "Atletiko"da u bo'yicha muzokaralar yo'q
16 iyu 2021 14:16
Yangiliklar
Laportaga Feliksning o'yini yoqadi, ammo "Barsa" va "Atletiko"da u bo'yicha muzokaralar yo'q
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliksning muxlisidir.
Boshqaruvchiga 21 yoshli xavbekning o'yinlari juda ham yoqadi, ammo ayni damda transfer borasida klublar o'rtasida muzokaralar yo'q.
Agar "Barselona" portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qaror qilsa, unda Laportaning Feliksning agenti hisoblanmish Jorje Mendesh bilan juda ham yaxshi aloqalari yordam berishi mumkin.
Joau Feliks "Atletiko"ga "Benfika"dan 127 million evroga o'tgandi.
Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar