Laporta: "Messi "Barselona" uchun tekinga o'ynashini kutgandim"
08 okt 2021 16:08
Yangiliklar
Laporta: "Messi "Barselona" uchun tekinga o'ynashini kutgandim"
"Messini juda ham yaxshi ko'raman. Biroq vaqtlar o'tib tushunasanki, baribir ikki tomon ham kelisha olmaydi.
Ha, barcha uning qolishini istadi. Ammo tushayotgan taklif uni bosim ostiga solib qo'ydi. U "Barsa"da qolmaydigan bo'lsa, PSJga o'tishini bilardi.
U "Barselona" tarixidagi eng yaxshi futbolchi sifatida eslanadi va men shunday bo'lib qolishini istardim. U "Barselona"dan ketgunicha PSJdan yirik taklif olganini bilardik.
Leo qarorini chiqarganida ham buning "Barselona" foydasiga ishlashini aytdi. O'shanda Messi o'zining xizmatlarini tekinga taklif qilishiga umid bog'lagandim. Lekin bunday toifadagi futbolchilar hech qachon bu kabi ish qilmaydi.
Oramizdagi munosabatlar alo darajada. Agarda biz taklifimizni yaxshilaganimizda u qolgan bo'lardi. Biroq o'shanda biz qonun-qoidalarni buzgan hisoblanardik", - dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar