Laporta "Barselona"ning "Napoli" futbolchisiga qiziqayotganini tasdiqladi
24 mar 2024 14:55
Yangiliklar
Laporta "Barselona"ning "Napoli" futbolchisiga qiziqayotganini tasdiqladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning "Napoli" yarim himoyachisi Stanislav Lobotkani xarid qilmoqchi ekanligi haqidagi malumotga izoh berdi.
29 yoshli slovakning neapolliklar bilan shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.
"Lobotka bilan shartnoma imzolashni xohlaymiz. U haqida allaqachon Deku bilan gaplashdim", — dedi Laporta.
Lobotka "Napoli"ga 2022 yilning yanvarida o'tgan. U italyan jamoasi tarkibida 154ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Xavbek bunga qadar "Selta", "Trenchina" va "Norshellan" safida harakat qilgan. Futbolchi Slovakiya terma jamoasi libosida 52ta o'yin o'tkazgan.

O’xshash yangiliklar
14:36
"Barsa" yozda Levandovskining o'rniga top-forvardni sotib olishni o'ylamoqda, nomzodlar ham malum 9
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar