Laporta "Barselona"ga sobiq murabbiyni qaytarmoqchi. U 2013 yildan buyon hech qaerda ishlamagan
31 jan 2024 16:07
Yangiliklar
Laporta "Barselona"ga sobiq murabbiyni qaytarmoqchi. U 2013 yildan buyon hech qaerda ishlamagan
"Barselona" Xavining o'rniga Frank Raykard nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta Raykard bilan bog'langan. Bundan tashqari, Joan Laporta Marko van Bastenni yordamchi murabbiy sifatida ko'rmoqchi.
Raykard "Barselona"ni 2003-2008 yillarda boshqargan. Uning qo'l ostida Kataloniya klubi ikki marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 2006 yil ECHLni yutgandi.
61 yoshli niderlandiyalik murabbiy 2013 yil Saudiya Arabistoni terma jamoasini tark etganidan buyon hech qaysi jamoada ishlamayapti. 2016 yilda esa boshqa murabbiy bo'lib ishlamasligini elon qilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar