Laporta: “Barselona” 2003 yil Ronaldinoni tanlagani uchun Ronaldu bilan shartnoma imzolamagan”
13 jan 2021 19:15
Yangiliklar
Laporta: “Barselona” 2003 yil Ronaldinoni tanlagani uchun Ronaldu bilan shartnoma imzolamagan”
Kataloniyaliklar prezidentligiga asosiy nomzod Joan Laporta Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq voqeani esga oldi.
“Ronaldino va Rafa Markes bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgandik. Keyin bizga o'sha vaqt “Sporting”da bo'lgan Krishtianu Ronaldu taklif qilindi. Agentlardan biri ularda MYUga 19 mln evroga sotilayotgan futbolchi borligini aytdi, ammo bizga uni 17 mln evroga sotishi mumkin edi.
Biroq, o'sha payt Ronaldinoning transferiga sarmoya kiritgan edik. Krishtianu esa markazdan ko'ra, ko'proq qanotda o'ynardi. Bizga qanotlarda barchasi joyidadek tuyuldi, shu tufayli biz rad javob qildik. Bundan afsuslanmayman”, deydi 2003-2010 yillar davomida “Barsa”ga rahbarlik qilgan investor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar