LaLiga. Xafsalani pir qilganlar terma jamoasida Zidan va 4 nafar "Real" futbolchisi bor
17 jan 2018 17:58
Yangiliklar
LaLiga. Xafsalani pir qilganlar terma jamoasida Zidan va 4 nafar "Real" futbolchisi bor
Ispaniyaning Marca nashri LaLiganing birinchi davrasida katta natijalar kutilgan, ammo ishonchni oqlay olmagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzdi.
Tarkibdan "Real"ning to'rt, "Barselona"ning bir futbolchisi joy oldi. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o'g'li Enco Zidan ham xafsalani pir qilganlardan biri bo'ldi.
Ishonchni oqlamaganlar terma jamoasi:
Darvozabon: Leandro CHichizola ("Las-Palmas").
Himoyachilar: Marselo ("Real"), Ashraf Hakimi ("Real"), Maurisio Lemos ("Las-Palmas"), Ruben Semedu ("Vilyarreal"),
Yarim himoyachi: Nikolas Gaitan ("Atletik"), Nemanya Maksimovich ("Valensiya"), Enco Zidan ("Alaves").
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu ("Real"), Karim Benzema ("Real"), Xerard Deulofeu ("Barselona").
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar