So’nggi yangiliklar

08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  4 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  8 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  1 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8

LaLiga prezidenti: "Keyingi maqsad - APLni ortda qoldirish" Yangiliklar

LaLiga prezidenti: "Keyingi maqsad - APLni ortda qoldirish"

LaLiga prezidenti Xaver Tebas televizion huquqlardan keladigan daromadlarning o'sishi va tashkilotning global maqsadlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz translyaciyalarni Mo'g'uliston va Grenlandiyagacha kengaytirdik. Bu iqtisodiy omil emas, balki ramziy ahamiyatga ega. CHunki, u erda daromad minimaldir. Ammo, iyun oyidan boshlab LaLigani butun dunyo ko'rishi mumkin. Keyingi maqsad - biz APLni ortda qoldirmoqchimiz.

Butun dunyo bo'ylab ofislarimiz bor, biz bilan yuzlab odamlar ishlashadi. Ligamizni targ'ib qilish, iqtisodiy o'sishimizga yordam beradigan mahalliy homiylarni topish uchun aholi zich choylashgan va boy mamlakatlarda bo'lishimiz muhim. Oxirgi 7 yilda biz jiddiy natijalarga erishdik.

Mamlakatimizda 45 milliondan ko'proq aholi yashaydi. Bizda Buyuk Britaniya kabi 70 millionga yaqin mahalliy auditoriya yo'q. SHuning uchun ko'proq tashqi bozorlarda ishlashimiz kerak. Masalan, Osiyo qitasida. Biz u erda o'samiz, lekin Premer-liga bilan taqqoslaganda ko'p ishlar qilishimiz kerak", - dedi Tebas.


Eslatib o'tamiz, 2013-2014 yilgi mavsumda tele huquqlar ligaga 800 mln evro atrofida daromad keltirgan. 2018-2019 yilgi mavsumda esa bu raqam 1 milliard 831 millionni tashkil qildi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика