Anri "Arsenal" haqida: "Ularda deyarli ikkita jamoa mavjud. Bu yil albatta biror narsa yutish shart"
17 sen 22:02
Yangiliklar
Anri "Arsenal" haqida: "Ularda deyarli ikkita jamoa mavjud. Bu yil albatta biror narsa yutish shart"
Mutaxassis sobiq jamoasi haqida gapirdi.
Terri Anrining fikricha, "Arsenal" joriy mavsumda eng keng tarkibga ega.
"Aytishim mumkinki, hozirda sifat jihatidan "Arsenal"dek "chuqur" tarkibga ega jamoa yo'q.
Bazi jamoalar asosiy tarkib bo'yicha ularga munosib raqobatchi bo'lishi mumkin, ammo ularning butun tarkibiga etibor qaratilsa, "Arsenal" deyarli ikkita jamoaga teng.
Bugun zaxirada o'tirganlarni ko'rsak, yana Edegor, Kay Xaverts, Bukayo Saka, Gabriel Jezus etishmayapti... Bularni hisobga olsak, jamoa barcha musobaqalarda ishtirok etishga alo darajada tayyorgarlik ko'rgan.
Lekin ochig'ini aytsak: bu yil albatta biror narsa yutish shart. Bu zarur, bundan qochib bo'lmaydi," - dedi "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Chempionlar ligasiga bag'ishlangan CBS Sports efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar