So’nggi yangiliklar

22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  1 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  71 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  0 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  217 20:58АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Астон Вилла"ни мағлуб этди ва учинчи ўринга чиқиб олди  18 20:38Финалиссима УЕФА ва КОНМЕБОЛ қарори билан бекор қилинди. Нега?  4 20:18"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  5 19:38"Барселона" — "Севилья". Таркиблар маълум  5 18:03​"Бобур Арена" Суперкубокка тайёр!  15 17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  3 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  4 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим"  4 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  9 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2

La Liga. "Barselona" mehmonda zafar quchdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" mehmonda zafar quchdi

Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Osasuna" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi.

Osasuna

LaLiga . 26-tur

07/03/2021, 01:00

2
:
0
Tugadi

Barcelona

Jordi Alba - 30', Ilaix Moriba - 83'

Stadion: Estadio El Sadar, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
62'  Enrique Barja (Jony)
70'  Ruben Garcia (Adrian Lopez)
71'  Jonathan Calleri (Ante Budimir)
84'  Lucas Torro (Oier)
84'  Roberto Torres (Enric Gallego)
26'  Samuel Umtiti
30'  Jordi Alba
30'  Lionel Messi
46'  Samuel Umtiti (Ousmane Dembele)
67'  Antoine Griezmann (Martin Braithwaite)
67'  Sergio Busquets (Ilaix Moriba)
83'  Ilaix Moriba
83'  Lionel Messi
87'  Pedri (Ricard Puig)
87'  Jordi Alba (Junior Firpo)
88'  Junior Firpo


"Osasuna" – "Barselona" 0:2

"El-Sadar"

Gollar: 0:1 – 30 Alba, 0:2 – 83 Moriba.

"Osasuna" – Errera, Sanches, Vidal, Aridane, David Garsiya, Torro (Oyer Sanxurxo, 84), Monkayola, Ruben Garsiya (Adrian, 70), Roberto Torres (Galego, 84), Barxa (Xoni Rodriges, 62), Kaleri (Budimir, 71).

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa, Umtiti (Dembele, 46), Alba (Firpo, 87), Dest, de Yong, Buskets (Moriba, 67), Pedri (Puch, 87), Langle, Grizmann (Breytueyt, 67), Messi.

Ogohlantirishlar: Umtiti (26), Firpo (88).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Xordi Alba qo'lidan jarohat olgan ko'rinadi. U to'qnashuvdan so'ng maydonga noqulay yiqildi. SHifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

83. GOOOL! MORIBA! Bir necha daqiqa oldin zaxiradan o'yinga qo'shilgan Moriba Messidan to'pni qabul qildi va aldamchi harakat bilan ikki futbolchidan qutildi. Uning chap oyoqda bergan zarbasi esa uzoq burchakka to'g'ri bordi. 0:2.

79. Xordi Alba yana Messining pasidan so'ng gol urishga urinib ko'rdi, ammo bu safar to'p darvozabonga tegdi.

77. Pedrining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi xavfli chiqdi, ammo posbon to'pni egallab oldi.

70. ZARBAAA... Torres hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p "Barselona" darvozasi yonginasidan o'tib ketdi.

67. O'zgarish: Grizmann o'rniga Breytueyt, Buskets o'rniga Moriba maydonga tushishdi.

64. Uzatma... Dembelening o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga tashlagan to'pi o'z manziligacha etib bormadi. Himoyachilar Grizmann to'pga boshi bilan zarba berishiga yo'l qo'yishmadi.

51. Dembelening kuchli zarbasidan so'ng to'p Aridanega tegdi. Futbolchi bir necha soniya oyog'ini ushlab yotdi. Ammo hammasi yaxshi va u uchrashuvni davom ettira olishi malum bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

44. ZARBAAA... Leoning chap oyoqda darvozaning uzoq burchagiga bergan zarbasidan so'ng to'p raqib futbolchisi oyog'iga tegib, maydonni tark etdi.

30. GOOOL! Albaning qo'rqinchli "pushka"sidan so'ng hisob ochildi! Markazda "sayr" qilayotgan Leo ochilib borayotgan Albani ko'rdi va to'pni tezda unga uzatdi. Xordi esa darvozaga yaqinlashdi va o'tkir burchakdan to'pni darovozabon qulog'i yonidan o'tkazib, gol urdi. USHBU GOLNI TELEGRAM KANALIMIZ ORQALI KO'RISHINGIZ MUMKIN!

27. Sariq kartochka. Umtiti Langlening xatosini to'g'irlashga urinib, raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi.

26. Messi chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, Grizmann bosh bilan to'pni darvozaga joylashga urindi, ammo zarba noaniq.

20. QIZIL KARTOCHKA! "Osasuna" posboni to'p bilan birga-bir chiqayotgan Lionel Messini yiqitdi va hakam tezlik bilan uni o'yindan chetlatdi. VAR qarorni bekor qildi, Leo ungacha ofsaydda qolib ketgan ekan.

19. Kalerining bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvozaga bormadi, Miggesa esa o'sha to'pni Ter SHtegenga boshi bilan tashlab, hujumni bartaraf etdi.

16. Messi raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan "Osasuna" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq rikoshet tufayli to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

14. ZARBAAA... Garsiyaning ajoyib zarbasidan so'ng to'p "Barselona" darvozasining to'qqizligiga kirib ketayotgandi, ammo Ter SHtegenning parvozidan so'ng to'p maydonni tark etdi.

2. Xonatan Kaleri markazdan "Barsa" darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo Ter SHtegen o'z vaqtida darvozaga qaytdi va to'pni egallab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Osasuna – Barselona

01.00, «El-Sadar»

Osasuna – Errera, Sanches, Vidal, Aridane, David Garsiya, Torro, Monkayola, Ruben Garsiya, Roberto Torres, Barxa, Kaleri.

Barselona – ter SHtegen, Mingesa, Umtiti, Alba, Dest, de Yong, Buskets, Pedri, Langle, Grizmann, Messi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика