LaLiga. 9ta penalti tepilgan 20-turda "Qirollik klubi" o'ziga keldi (tur sharhi)
23 jan 2018 12:57
Yangiliklar
LaLiga. 9ta penalti tepilgan 20-turda "Qirollik klubi" o'ziga keldi (tur sharhi)
Ikkinchi davraning ilk turini "Xetafe" - "Atletik" o'yini ochib berdi. Uyda ochko to'plash bo'yicha xatto "Atletiko", "Vilyarreal" kabi klublardan yaxshiroq natija ko'rsatayotgan "Xetafe" bu safar ham ochko ishlab oldi, biroq 1 ochko. 2:2 hisobida yakunlangan o'yinning eng qiziq jihati - uchrashuvni boshqargan hakam Xesus Gil 3ta penalti belgiladi, ammo ularning 2tasi gol bilan tugadi. "Xetafe" vakili Xorxe Molina 11 metrlik zarbadan unumli foydalana olmadi.
Getafe Jorge Molina - 21', Angel Rodriguez - 74' |
LaLiga . 20-tur 20/01/2018, 00:00 2
:
2
Tugadi
|
Athletic Bilbao Inaki Williams - 13', Raul Garcia - 48' |
Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 11103 tomoshabin
Bosh hakam: Jesus Gil
Vinchenco Montella boshchiligidagi "Sevilya" asta-sekin o'ziga kelmoqda. Ispaniya Kubogida "Atletiko"ni mehmonda taslim qilgan sevilyaliklar LaLiganing 20-turida "Espanol" darvozasiga javobsiz uchta gol urishdi.
Espanyol |
LaLiga . 20-tur 20/01/2018, 16:00 3
:
0
Tugadi
|
Sevilla Franco Vazquez - 15', Pablo Sarabia - 34', Luis Muriel - 90' |
Stadion: RCDE Stadium, 19110 tomoshabin
Bosh hakam: Alberto Undiano
"Atletiko" - "Jirona" uchrashuvida tur sensaciyalaridan biri sodir bo'ldi. "Vanda Metropolitano"ga yig'ilgan "matraschilar" muxlislari jamoasining g'alabasini ko'ra olishmadi. Joriy mavsum juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan Kataloniyaning "Jirona" klubi Madriddan 1 ochko bilan qaytdi. Kataloniyaliklar vakili Kristian Portu 73-daqiqada Grizmanning birinchi bo'limda kiritgan goliga javob berdi va bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Mezbonlar hujumchisi Diego Kosta ushbu uchrashuvda jarohat oldi va 10 kun maydonga tusha olmasligi elon qilindi.
Atletico Madrid Antoine Griezmann - 34' |
LaLiga . 20-tur 20/01/2018, 19:15 1
:
1
Tugadi
|
Girona Cristian Portu - 73' |
Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 54910 tomoshabin
Bosh hakam: Ricardo De Burgos
Ikkinchi davraning ilk turida "Vilyarreal" LaLiga autsayderi "Levante"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. "Sariq suvosti kemasi" tomonidan kiritilgan gollarning biriga rossiyalik futbolchi Denis CHerishev mualliflik qildi.
Villarreal Manuel Trigueros - 26', Denis Cheryshev - 50' |
LaLiga . 20-tur 20/01/2018, 21:30 1
:
2
Tugadi
|
Levante Roger - 90' |
Stadion: Estadio de la Ceramica, 16810 tomoshabin
Bosh hakam: Jose Luis Gonzalez
Tur sensaciyasi "Las-Palmas" - "Valensiya" o'yinida sodir bo'ldi. "Ko'rshapalaklar" uchun uchrashuv yaxshi boshlandi. 5-daqiqada Santi Mina "Valensiya"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Xonatan Veraning goli tufayli birinchi bo'lim 1:1 hisobida yakunlandi. Ushbu sensaciyaga Gabriel Paulista aybdor desak ham bo'laveradi, chunki u 52-daqiqada o'z jarima maydonchasida qoida buzdi va sariq kartochka olgan himoyachi bir necha soniyadan so'ng ikkinchi ogohlantirishni qabul qilib, maydonni tark etdi. "Las-Palmas" futbolchisi Kaleri esa penaltidan unumli foydalandi. Uchrashuv oxirida "Valensiya"ning yana bir futbolchisi Ruben Vezo ikkinchi sariq kartochka tufayli chetlatildi.
Las Palmas Jonathan Viera - 20', Jonathan Calleri - 53' |
LaLiga . 20-tur 20/01/2018, 23:45 1
:
2
Tugadi
|
Valencia Santi Mina - 5' |
Stadion: Estadio de Gran Canaria, 20183 tomoshabin
Bosh hakam: Jose Munuera
LaLiganing ikki o'rtamiyona jamoasi "Alaves" va "Leganes" 20-turda to'qnash kelishdi. Gollarga boy bo'lgan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. Munir El Xaddadi, Alfonso Pedraza, Gabriel, Xoseba Zaldua o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi.
Deportivo Alaves Munir El Haddadi - 46', Alfonso Pedraza - 52' |
LaLiga . 20-tur 21/01/2018, 15:00 2
:
2
Tugadi
|
Leganes Gabriel Pires - 75', Joseba Zaldua - 90' |
Stadion: Estadio Mendizorroza, 15002 tomoshabin
Bosh hakam: Daniel Trujillo
"Real" - "Deportivo". Ushbu uchrashuv Zinedin Zidan shogirdlari uchun o'ziga kelib olish va o'z kuchiga ishonish uchun imkoniyat edi. Bahs "Qirollik klubi" uchun yoqimsiz boshlandi. 23-daqiqada Adrian Keylor Navas darvozasini ishg'ol qildi. Joriy mavsum himoyadan ko'ra hujumda unumliroq o'ynayotgan Nacho hisobni tenglashtirdi. Garet Beylning 42-daqiqada urgan goli bo'lim "Real"ning g'alabasi bilan yakunlanishini taminladi. Ikkinchi bo'limda "qaymoqranglilar" raqib darvozasini 5 marta aniq nishonga olishdi. 7:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda Nacho, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Ronaldu o'zining ikkinchi golini urayotgan paytda jiddiy jarohat oldi. Raqib futbolchisi uning boshiga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. O'yin yakunlanganidan so'ng yuzi qon bilan belangan portugaliyalikning bazi harakatlari memlarga aylantirildi. Futbolchi tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz.
Real Madrid Nacho Fernandez - 32', Gareth Bale - 42', Gareth Bale - 58', Luka Modric - 68', Cristiano Ronaldo - 78', Cristiano Ronaldo - 84', Nacho Fernandez - 88' |
LaLiga . 20-tur 21/01/2018, 19:15 1
:
7
Tugadi
|
Deportivo La Coruna Adrian Lopez - 23' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 63468 tomoshabin
Bosh hakam: David Fernandez
"Real Sosedad" - "Selta" uchrashuvi turnir jadvalida yuqoriroq bo'lgan "keltlar"ning ("Selta" laqabi) g'alabasi bilan yakunlandi. Bahs mezbonlarning 10-daqiqadagi goli bilan boshlandi (Villian). 20-daqiqda Yago Aspas penaltidan hisobni tenglashtirdi. Bir necha daqiqadan so'ng "Selta" darvozasiga 11 metrlik jarima belgilandi, biroq Villian dubl qayd eta olmadi. Ikkinchi bo'limning o'rtalarida "Selta" hujumchisi Maksimiliano Gomesning goli mehmonlarning g'alabasini taminladi.
Real Sociedad Willian Jose - 10' |
LaLiga . 20-tur 21/01/2018, 21:30 2
:
1
Tugadi
|
Celta Vigo Iago Aspas - 20', Maximiliano Gomez - 75' |
Stadion: Estadio Anoeta, 18936 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
LaLiga turnir jadvalida katta farq bilan etakchilik qilayotgan "Barselona" 20-turda "Benito Vilyamarin" stadionida "Betis" mehmoni bo'ldi. Birinchi bo'limda raqib darvozasiga bor-yo'g'i 2ta aniq zarba berib, gol ura olmagan ispan grandi bor kuchini ikkinchi bo'limda ishga soldi. Luis Suares va Lionel Messi dubl qayd etgan uchrashuvda Ivan Rakitich joriy mavsum LaLigadagi ilk golini kiritdi. Kataloniya klubi safida Tomas Vermalen jarohat olib, maydonni muddatidan avval tark etdi.
Real Betis |
LaLiga . 20-tur 21/01/2018, 23:45 5
:
0
Tugadi
|
Barcelona Ivan Rakitic - 59', Lionel Messi - 64', Luis Suarez - 69', Lionel Messi - 80', Luis Suarez - 89' |
Stadion: Estadio Benito Villamarin, 53316 tomoshabin
Bosh hakam: Jaime Latre
20-tur uchrashuvlarini "Eybar" - "Malaga" to'qnashuvi yakunlab berdi. Bahs 1:1 hisobida nihoyasiga etdi. "Eybar" safidan Kike, "Malaga"dan esa Yusuf An-Nasri gol urishga muvaffaq bo'lishdi. O'yin oxirida Zdravko Kuzmanovich 1 daqiqa ichida ikkita sariq kartochka ishlab, maydonni qolganlardan bir necha soniya avval tark etdi.
Eibar Kike Garcia - 76' |
LaLiga . 20-tur 23/01/2018, 00:00 1
:
1
Tugadi
|
Malaga Youssef En-Nesyri - 16' |
Stadion: Municipal de Ipurua, 4514 tomoshabin
Bosh hakam: David Medie
20-turdagi 10ta uchrashuvga 283323 nafar muxlis stadionga tashrif buyurdi. Eng ko'p tomoshabin yiqqan o'yin "Real" - "Deportivo" uchrashuvi bo'ldi. "Santyago Bernabeu"dagi bahsni 63504 nafar muxlis stadiondan tomosha qilishdi. Eng kam tomoshabin esa "Eybar" - "Malaga" o'yinida kuzatildi (4520).
LaLiganing 20-turida 9ta penalti tepildi. Bu so'nggi 15 yillikdagi eng yirik ko'rsatkich. Oxirgi marta 2002-2003 mavsumning 37-turida 9ta 11 metrlik jarima belgilangan edi.
To'purarlar ro'yxati
Lionel Messi ("Barselona") - 19ta gol
Luis Suares ("Barselona") - 15
Yago Aspas ("Selta") - 12
Kristian Stuani ("Jirona") - 10
Simone Zaza ("Valensiya) - 10
Sedrik Bakambu ("Vilyarrea") - 9
Villian Xose ("Real Sosedad") - 9
Maksimiliano Gomes ("Selta") - 9
Rodrigo ("Valensiya) - 9
Paulino ("Barselona") - 8
Assistentlar ro'yxati
Lionel Messi ("Barselona") - 9ta
Pione Sisto ("Selta") - 9
Xordi Alba ("Barselona") - 6
Pablo Fornals ("Vilyarreal") - 6
Gosalu Guedesh ("Valensiya") - 6
Andres Guardado ("Betis") - 6
Serxi Roberto ("Barselona") - 6
Daniel Vass ("Selta") - 6
Antuan Grizmann ("Atletiko") - 5
Xabi Prieto ("Real Sosedad") - 5
Fikrlar