So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

La Liga. Vidalning goli "Barselona" g'alabasini taminladi Yangiliklar

La Liga. Vidalning goli "Barselona" g'alabasini taminladi

Ispaniya chempionati 36-turidan o'rin olgan "Valyadolid" - "Barselona" bahsi o'z nihoyasiga etdi.


Valyadolid – Barselona 0:1 

«Xose Sorrilya»

Gol: 0:1 – 15 Vidal.

Valyadolid – Masip, Raul Garsiya (Nacho Martines, 25), Moyyano, Sanches, Xoakin Fernandes (Ervias, 46), Alkaras (Unal, 46), San-Emeterio, Kike Peres, Olivas, Gvardiola (Sandro Ramires, 61), Plano (Valdo Rubio, 80).

Barselona – ter SHtegen, Alba, Semedu, Pike, Serxi Roberto, Puch (Rakitich, 57), Vidal, Buskets (Firpo, 74), Langle (Arauxo, 57), Messi, Grizmann (Suares, 46).

Ogohlantirishlar: Langle (40), Alkaras (45), Kike Peres (65), Alba (78).


Uchrashuv yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. Ehhh, Vidalning o'ng qanotdan uzatgan pasi Suaresgacha etib bormadi, urugvaylik ichkarida bir o'zi edi. 

90+2. Mezbonlarning xavfli hujumi! ter SHtegen va himoyachilar xavfni bartaraf qilishdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. Vidalning pasini raqiblar olib qo'yishdi. 

86. Statistikalarga ko'ra, "Barsa" ushbu o'yinda deyarli 800 ta pas berdi. 

85. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika:  30% - 70%.

84. Marinning uzatmasidan keyin ter SHtegen to'pni urib yubordi, undan keyin himoyachi Arauxo to'pni qaytarib yubordi. 

82. Firpo raqib xavfli hujumini oldini olish maqsadida to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

80. "Valyadolid"da o'zgarish: Plano o'rniga Marin tushirildi. 

78. Alba hakam bilan bahslashgani uchun sariq kartochka oldi.  

78. O'yin to'xtatildi. Hakam futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim etdi.  

Penalti bormidi?  >  Ovoz bering

74. "Barselona"da o'zgarish: Buskets o'rniga Firpo maydonga tushirildi. 

72. Suares raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Hakam hech narsa bo'lmadi deb topdi. 

71. Bu gal Suares Planoni chalib yiqitdi. Nihoyat to'p "Barsa"da, hujum boshlanmoqda.  

69. Buskets qoidani buzdi. U Ramiresni yiqitdi.  

68. Mezbonlarning hujumi qaytarildi, to'p Pikegacha etib keldi va u shoshilmasdan sheriklargi pas berdi. 

65. Maydon markazida tezlik bilan hujumga o'tib ketayotgan Roberto yiqitildi. Kike Peresga sariq ko'rsatildi. 

62. Nacho Rakitichni yiqitdi, jarima zarbasi. Zarbani Messi ijro etdi, darvozabon to'pni qaytara oldi. 

61. "Valyadolid"da o'zgarish: Serxio Gvardiola maydonni tark etdi, o'rniga Sandro Ramires tushirildi. 

60. Uuuuuuxxx! ter SHtegendan ajoyib seyv!  Enes Unal bosh bilan zarba yo'lladi, ter SHtegen esa ajoyib reakciyasi orqali xavfni bartaraf etdi. 

60. Buskets Gvardiolaga nisbatan qo'pol o'ynadi, u kutilmaganda Gvardiolaning oyog'ini bosib oldi.

59. Uxxx! Kike Peresning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

57. "Barselona"da o'zgarishlar qilindi: Langle o'rniga Arauxo, Puch o'rniga Rakitish o'yinni davom ettiradi. 

54. Gvardiola Busketsni yiqitdi, jarima to'pi. 

52. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Enes Unal uzoqdan zarba yo'lladi, ter SHtegen o'z o'rnida. 

51. Suares hujumda kurash olib bordi va bekorga maydonga tushmaganligini isbotlashni boshladi. 

49. Messining uzatmasi Robertoga etib keldi, Roberto erlatib Puchga pas berdi, uning zarbasi esa ancha kuchsiz chiqdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. 

45+4. Alba raqib hujumini qaytarib qolishga erishdi. 

45+2. "Valyadolid" darvozaboni to'pni erkin zarba orqali o'yinga kiritdi, "Barsa" to'pni olib qo'ydi. 

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Alkaras ogohlantirildi, u Arturo Vidalga qarshi juda qo'pol o'ynadi. 

44. Hakam futbolchilarga qatiy tanbeh berdi. 

42. Uxxx! Messining erlatib tepgan to'pi ozgina noaniq... 

40. Langle Planoga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

37. Xavfli! Kike Peres ter SHtegenga qarshi birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo yiqilib tushdi, keyin esa posbon to'pni olib qo'ydi. 

36. Pike Planoni yiqitdi va qoidani buzdi. 

34. Davom etamiz. 

31. Hakam "time-out" elon qildi. 

30. Riki Puch ichkariga to'pni oshirdi, ammo Masip darvozasidan o'z vaqtida chiqib kelib, to'pga egalik qildi. 

29. "Barsa" to'pga egalik qilyapti, tiki-taka bo'yicha "master-klass". 

25. Semeduning zarbasi! Darvozabon o'z o'rnida. 

24. Ha, "Valyadolid"da majburiy o'zgarish: Karnero o'rniga Nacho tushdi. 

23. O'yin to'xtab qoldi. "Valyadolid" futbolchisi maydonda yotibdi. 

20. Uuuxx! Grizmann qulay vaziyatdan foydalana olmadi, to'p uning oyog'iga tegmasdan o'tib ketdi.  Semedu qanotdan pas bergandi. 

18. Alba Peresga nisbatan qoidani buzuvchi harakat ko'rsatdi va chamasi 24 metrdan mezbonlar jarima zarbasini tepishdi, to'p jonli devorga tegib xavfsiz ko'rinish oldi.  

15. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Arturo Vidal Messining pasidan so'ng hisobni ochuvchi golni urdi - 1:0! 

12. Riki Puchning sherigiga pas berdi, biroq raqiblar to'pni olib qo'yishdi. 

11. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika:  86% - 14%.

10. "Barselona" Pike orqali hujum boshladi, to'p maydon markazidan hujumgacha etib bordi. Yakunda mezbonlar to'pni olib qo'yishdi. 

9. Kleman Langle Peresga nisbatan qo'pol o'ynadi, jarima belgilandi. 

7. "Valyadolid" hujumga o'tdi, qanotdan ichkariga uzatilgan pas "Rokoshet"dan so'ng Tter SHtegenga etib keldi.  

5. ZARBA! Semeduning ajoyib pasidan keyin Puch darvoza tomon zarba yo'lladi, ammo Masip uchun bu qiyinchilik tug'dirmadi.  

3. Rikard Puch Kiki Peresni maydonga qulatdi, jarima to'pi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 


Eslatma: Fati o'tgan o'yinda qizil kartochka olgani uchun bugun o'ynamaydi. De Yong va Umtiti jarohatlarini davolash bilan band. Suares esa zaxirada. 

Tarkiblar elon qilindi

- O'yin 22:30da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun  La Liga 36-turidan o'rin olgan "Valyadolid" va "Barselona" o'rtasidagi qarama-qarshilikni siz bilan birga kuzatib boramiz.  

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика