So’nggi yangiliklar

00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  4 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:23ЖЧ-2026 саралаши. Болгария - Испания, Словакия - Германия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  6 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  4 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

La Liga. "Barselona" safarda "Real Madrid" darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" safarda "Real Madrid" darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi

La Liga 11-tur doirasidagi "Real" - "Barselona" o'yini yakunlandi.

"Real" — "Barselona" 0:4

Gollar: 0:1 – 54 Levandovski, 0:2 – 56 Levandovski, 0:3 – 77 Yamal, 0:4 – 84 Rafinya.

Real Madrid – Lunin, Mendi (Fran Garsiya, 86), Ryudiger, Militao, Vaskes, Kamavinga (Braim Dias, 77), Tchuameni (Modrich, 63), Valverde, Bellingem, Vinisius Junior, Mbappe.

Barselona – Penya, Balde, Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri (Gavi, 87), Kasado (Olmo, 65), Lopes (de Yong, 46), Rafinya, Yamal, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kasado (44), Kunde (69), Martines (75), Vinisius Junior (80), Penya (82), Militao (87), Gavi (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Ofsaydlar: 12-1.

90. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

87. Militao qo'pollik uchun ogohlantirildi.

84. GOL! Rafinya Lunin usidan to'pni oshirib qo'yib, hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi!

84. Valverdining zarbasini Penya egallab oldi.

82. Vinisius bir necha futbolchini aldab o'tdi, ammo zarba berishga urinish chog'ida Martinesning oyog'ini tepib yubordi.

80. Vinisius qo'pollik va hakamga etirozi uchun ogohlantirildi.

77. GOL! Yamal o'ng oyoqda hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!


75. Militaoga nisbatan qo'pol o'ynagan Martines ogohlantirildi.

71. Zarba! Mbappening navbatdagi zarbasini Penya qaytardi.

70. "Qovun tushirish" navbati Bellingemga keldi. "Real" yarim himoyachisini stanedartdan uzatilgan to'pni yaqin masofadan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

69. Vinisiusni to'xtatib qolgan Kunde ogohlantirildi.

69. Leva!!! Polshalik hujumchi yana bir o'ta qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

66. Xavfli vaziyat! Levandovski jarima maydonida bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

66. Mbappe gol urdi, ammo u yana o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

64. Xavfli vaziyat! Mbappe birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, Penya to'pni qaytardi!

61. Mbappening zarbasini Penya egallab oldi.

56. GOL! Levandovski ikki daqiqa ichida dublga erishdi! CHap qanotdan uzatilgan to'pga "Barselona" hujumchisi bosh bilan aniq zarba yo'lladi!

54. GOL! Levandovski hisobni ochdi! Polshalik hujumchi Kasadoning ajoyib pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi.


52. Burchak uzatmasi chog'ida "Real" futbolchilari raqib jarima maydonida yiqildi, biroq o'yin qoidasi buzilmagandi.

48. Mbappe raqib jarima maydoni ichida "Barselona" futbolchisini aldab o'tishga urinib ko'rdi, ammo bunga erisha olmadi. Burchak zarbasi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Kasado Vinisiusni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

39. Zarba! Levandovski raqib jarima maydonida xavfli zarba yo'lladi, biroz noaniq. SHuningdek, polshalik hujumchi ofsaydda qolgan ekan.

37. Yamalning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

30. Mbappe hisobni ochdi, ammo uning goli ofsayd sababli inobatga olinmadi.


27. Lunin o'z vaqtida to'pga chiqib, Rafinyaga imkon qoldirmadi.

22. Xavfli vaziyat! Vinisiusning jarima maydoniga kirib borib, o'z uslubida zarba berdi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

21. Ofsaydlar borasida ko'rsatkich: 4-0 ga etdi.

19. Mbappening pasidan so'ng Vinisius yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi. Ustiga-ustak madridliklar ofsaydda qolib ketgan ekan.

15. Xavfli vaziyat! Mbappening pasidan so'ng Bellingem yaqin masofadan zarba yo'lladi, Penya qiyinchilik bilan to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'ymadi.

12. Xavfli vaziyat! Kubarsi Mbappega to'pni sovg'a qildi. Uning to'pni raqib posboni ustidan oshirish varianti muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

9. Yamalning jarima maydoniga uzatgani to'pini Lunin bartaraf etdi.

5. Mezbonlarning ketma-ket burchak zarbalari xavfli ko'rinish olmadi.

2. Xavfli vaziyat! Mbappe raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. Uning ustiga futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика