La Liga. "Real" bugun chempionga aylanishi mumkin
16 iyu 2020 11:07
Yangiliklar
La Liga. "Real" bugun chempionga aylanishi mumkin
Bugun La Liga 37-tur doirasidagi barcha o'yinlar o'tkaziladi.
"Real"ni o'z uyidagi oson bo'lmagan o'yin kutib turibdi. Zidan shogirdlari CHL yo'llanmasidan bebahra qolgan "Vilyarreal"ni o'z uylarida qabul qilishadi. Agar ushbu o'yinda "qirollik klubi" g'alaba qozonsa, La Liganing joriy mavsumi yakunlashiga 1 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtiradi.
"Barselona" esa parallel o'yinda "Kamp Nou"da "Osasuna"ni qabul qiladi. Tabiiyki "Barsa" ochko yo'qotsa, "Real"ning mag'lubiyati ham chempionlikka erishishiga halaqit bermaydi. O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Bundan tashqari, 3-o'rin uchun intraga ham yuqori darajada. "Atletiko" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Sevilya"ni ortda qoldirib, uchlikda bormoqda. "Atletiko"ning qoqilishi "Sevilya"ga kuchli uchlikka kirishiga yo'l ochishi mumkin.
La Liga 37-tur doirasidagi barcha o'yinlar:
"Eybar" - "Valyadolid" 21:30
"Malorka" - "Granada" 00:00
"Valensiya" - "Espanol" 00:00
"Real Sosedad" - "Sevilya" 00:00
"Real" - "Vilyarreal" 00:00
"Betis" - "Alaves" 00:00
"Xetafe" - "Atletiko" 00:00
"Selta" - "Levante" 00:00
"Barselona" - "Osasuna" 00:00
"Atletik" - "Leganes" 00:00

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar