La Liga prezidenti Neymarning "Barselona"ga qaytishi haqida: "Imidjni yo'qotishni xohlamaymiz"
01 iyu 2019 18:04
Yangiliklar
La Liga prezidenti Neymarning "Barselona"ga qaytishi haqida: "Imidjni yo'qotishni xohlamaymiz"
La Liga prezidenti Xaver Tebas PSJ forvardi Neymarning Ispaniya chempionati ("Barselona")ga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.
"Men Neymar La Ligaga qaytmasligini xohlardim. U taqlid qilish uchun yaxshi misol emas. Neymar ajoyib o'yinchi bo'lishi mumkin, lekin biz ilgari surayotgan qadriyatlarda o'zini tutish ham juda muhim.
Biz eng zo'r futbolchilarni La Ligaga jalb qilishni xohlaymiz. Lekin, Neymarning o'zini tutishi bizning musobaqamizga to'g'ri kelmaydi. Biz ko'p ishladik va imidjni yo'qotishni xohlamaymiz", - deya Tebasning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.
Oldinroq, braziliyalik "Barselona" bilan kelishuvga erishgani va qaytishi haqida Kopa Amerika-2019dan keyin elon qilishi haqida xabar qilingan edi.
Fikrlar