LaLiga. "Barselona" o'z uyida ochko yo'qotdi
19 dek 2020 22:15
Yangiliklar
LaLiga. "Barselona" o'z uyida ochko yo'qotdi
Barcelona Lionel Messi - 45', Ronald Araujo - 52' |
LaLiga . 14-tur 19/12/2020, 20:15 2
:
2
Tugadi
|
Valencia Mouctar Diakhaby - 29', Maximiliano Gomez - 69' |
Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Alejandro Hernandez
"Barselona" – "Valensiya" 2:2
"Kamp Nou"
Gollar: 0:1 – 29 Diakabi, 1:1 – 45 Messi, 2:1 – 52 Arauxo, 2:2 – 69 Maksi Gomes.
"Barselona" – ter Stegen, Alba, Arauxo, Dest, Mingesa, Buskets (de Yong, 46), Koutino (Langle, 79), Pedri (Pyanich, 86), Messi, Breytueyt, Grizmann (Trinkau, 73).
"Valensiya" – Domenek, Diakabi, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Soler, Musa (Aleks Blanko, 42), CHeryshev (Li Kan In, 90), Rachich, Gedesh (Valexo, 87), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Grizmann (13), Gayya (45), Aleks Blanko (45), Mingesa (56), Alba (90), Langle (90).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
83. Messining jarima zarbasi noaniq bo'ldi.
81. Leo raqib jarima maydonchasi yonginasida jarima zarbasi ishlab oldi.
78. ZARBAAA! KOUTINOning zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.
75. Messi De Yongdan to'pni qabul qilib, o'zi sevadigan uslub - o'ng qanotdan markazroqqa surilib, darvozani nishonga olishga urindi, ammo rikoshetdan so'ng zarba kuchi pasaydi va to'pga posbon ega chiqdi.
73. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Barselona" uzoqdan zarba berishni boshladi va hozircha urinishlar yomon emas.
71. Jamoadoshlarining tinimsiz uzatmalaridan zerikka himoyachi Mingesa o'zi to'pni qabul qilib, darvozaga kuchli zarba berdi. Domenek esa bir amallab to'pni qaytarib qoldi.
69. GOOOL! "Valensiya" hisobni tenglashtirdi! Birinchi bo'lim oxirida qizil kartochkasi sariqqa aylangan Gayya Maksi Gomesga ajoyib pas berdi, u esa to'pni darvozaga burdi va endi hisob 2:2.
61. Dest jarima maydonchasi chizig'i ustidan "Valensiya" darvozasiga zarba berdi, ammo noaniq.
56. Breytueytning aniq zarbasini "Valensiya" posboni qaytardi va shu zahoti mehmonlar qarshi hujum boshlashdi. Mingesa o'sha qarshi hujumni qaytarishga urinib, qoida buzdi va jarohat ham oldi.
52. GOOOL! Arauxodan supergol! Himoyachi raqib jarima maydonchasida erdan havoga sapchigan to'pni sakrab darvozaga yo'lladi va chiroyli zarba orqali hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi.
48. "Barselona" yana oxiri yo'q, zerikarli uzatmalarni boshladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Malumotlarga ko'ra, Messi bir klubda gol urish bo'yicha Pelening 643ta golli rekordini takrorladi.
TANAFFUS
45+6. Aleks Blanko Albaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
45+4. YO'Q! Leoning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, ammo Alba qaytgan to'pni Messiga uzatdi va argentinalik bosh bilan zarba orqali hisobni tenglashtirdi.
45+3. Qizil kartochka bekor qilindi, ammo sariq kartochka ko'rsatildi va penalti belgilandi. To'p qarshisida Messi...
45+1. PENALTI va QIZIL KARTOCHKA! "Valensiya" jarima maydonida Grizmann yiqitildi. VARga murojaat qilindi. Assistentlarda shubha borligi tufayli bosh hakam ekran yoniga ketdi.
45. Ter SHtegendan navbatdagi seyv. Posbon yana bir bor jamoasini qutqarib qoldi.
43. Kataloniya klubi hujum uyushtirdi va o'sha hujumda Breytueyt raqib jarima maydonchasida yiqildi. To'p maydonni tark etganidan so'ng hakam VARdagilarga quloq soldi va hech qanday qoidabuzarlik bo'lmaganini malum qildi.
33. Kataloniya klubining qarshi hujumi Grizmanning o'ng oyoqdagi kuchsiz zarbasi bilan yakun topdi va Domenek to'pni osonlik bilan egallab oldi.
31. Koutino oxiri yo'q paslardan zerikdi va to'pni qabul qilishi bilan o'zining sevimli zarbasi orqali hisobni tenglashtirishga urindi. Ammo zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
29. GOOOL! "VALENSIYA" hisobni ochdi! Muxtor Diahabi burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burdi.
29. ZARBAAAA! Soler Ter SHtegen darvozasiga xavf soldi, ammo nemis posboni chiroyli sakrash orqali jamoasini goldan qutqardi.
26. Uchrashuvdagi sokinlik "Valensiya" tomonidan buzildi. "Ko'rshapalaklar" Kataloniya klubi darvozasi oldida xavfli hujum yaratishdi va uni Gayya yoki CHerishev muvaffaqiyatli yakunlashi mumkin edi, biroq futbolchilar to'p talashib, vaziyatni qo'ldan boy berishdi.
23. Kataloniya klubi to'pni u qanotdan bunisiga, bunisidan esa avvalgisiga uzatib, televizor va smartfon qarshisidagi futbol muxlislarini zeriktiryapti. Klubda yoshlar juda ko'p va ular bu tizimga ko'nikkunicha mezbonlar shunday o'ynashda davom etaveradi.
20. Uchrashuv "Barselona" nazorati ostida o'tmoqda, ammo temp yuqori emas. SHunday ekan, sizga bir qiziq malumotni etkazmoqchimiz: "Barselona" klubiga qarashli bo'lgan "Kamp Nou" stadionining nomi o'zgarishi mumkin. Ha, to'g'ri topdingiz, unga Lionel Messi nomi berilishi kutilmoqda.
15. Ayni daqiqalarga kelib uchrashuvdagi zarbalar soni bitta va o'sha zarba "Valensiya"ga tegishli, biroq u noaniq bo'lgan. To'pga egalik qilish bo'yicha juda katta ustunlik "Barselona" tomonda.
14. Translyaciyamiz biroz kechikkani uchun uzr so'raymiz va o'yinni sharhlashni boshlaymiz.
1. Uchrashuv boshlandi.
"Barselona" – "Valensiya"
20.15, "Kamp Nou"
"Barselona" – ter Stegen, Alba, Arauxo, Dest, Mingesa, Buskets, Koutino, Pedri, Messi, Breytueyt, Grizmann.
"Valensiya" – Domenek, Diakabi, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Soler, Musa, CHerishev, Rachich, Gedesh, Maksi Gomes.
Fikrlar